27 oktyabr kuni Bryusselda Yevropa-Özbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) tomonidan mamlakatning Benilyuks mamlakatlaridagi elçixonasi kömagida «Yevropa-Özbekiston-2023» yillik işbilarmonlik uçraşuvi bölib ötdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
120 dan ortiq, şuningdek, onlayn formatda 800 dan ziyod iştirokçi qatnaşgan işbilarmonlik uçraşuvi Özbekiston, Yevropa Ittifoqi vakillari, kompaniyalar va investorlar örtasida muloqot uçun oçiq maydon böldi.
Özbekiston boş vazirining örinbosari Jamşid Xöjayev iştirokçilarga onlayn formatda yöllagan tabrik nutqida özaro aloqalarni mustahkamlaş tarafdori ekanini ta’kidladi.
Xalqaro hamkorlik böyiça Yevropa komissari Yutta Urpilaynen (onlayn) Yevropa va Osiyo örtasidagi savdo dinamikasini özgartirişda «Örta yölak» transport salohiyatini qayd etdi.
Tematik sessiyalarda iştirokçilarga transport va energetika, moliya va xususiylaştiriş, şuningdek, «yaşil» iqtisodiyot sohalarida istiqbolli loyihalar taqdim etildi. YeI bilan kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim hamda Özbekistonning JSTga a’zo bölişi masalalari körib çiqildi.












