Qozoğistonning doimiy aholisi soni 20 millionga yaqinlaşdi. Bu haqda Milliy statistika byurosi ma’lumot (.xls) berdi.
Qayd qilinişiça, 2023 yil 1 sentabr holatiga Qozoğistonning doimiy aholisi soni 19 million 944 ming 726 kişiga teng. Bunda şahar aholisi 12,4 million kişini, qişloq aholisi 7,5 millionni taşkil qilgan.
Qozoğistonning aholisi ötgan yilning şu davriga nisbatan 178 ming kişiga köpaygan. Şundan 172 ming kişi tabiiy ösiş hisobiga, 6 ming kişi migratsiya hisobiga ekani aytilmoqda.
Statistika ma’lumotlariga köra, Qozoğistonda ayollar soni erkaklar sonidan köp. Jumladan, ayollar 10,2 millionni, erkaklar esa 9,7 millionni taşkil qiladi.
Özbekiston Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 2023 yil 1 oktyabr holatiga Özbekistonning doimiy aholisi 36,6 million kişini taşkil etadi. Bunda erkaklar (18,4 mln) soni ayollarnikidan (18,2 mln) köproq.












