Ukrainadagi uruşning 618-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Zelenskiy Ukraina QK maxsus operatsiyalar kuçlari qömondonini almaştirdi.
  • Isroil hukumati Rossiya Yaqin Şarqdagi uruşdan e’tiborni Ukrainadagi uruşdan çalğitişda foydalanayotganini ma’lum qildi.
  • AQŞ Ukrainaga 425 million dollar miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini taqdim etdi.
  • Rossiya qöşinlari Ukraina böylab dronlar orqali yoppasiga zarbalar yölladi. Xarkiv oblastida dron öquv binosiga kelib tuşgan.
  • Belgorod oblasti Şebekino şahri öqqa tutilişi oqibatida uç kişi yaralandi.
  • Pussy Riot a’zosi Petr Verzilov Buça haqidagi postlari tufayli sirtdan sakkiz yarim yil muddatga hukm qilindi.
  • «Rossiyaning istalgan fuqarosi hamişa vatanga erkin qaytişi mumkin». Kreml — Alla Pugaçeva Rossiyaga kelgani haqida.

Xarkiv öqqa tutilişi

3 noyabrga ötar keçasi RF qurolli kuçlari Shahed tipidagi kamikadze-dronlar bilan Ukraina hududini öqqa tutdi. Ukraina QK boş ştabi ma’lumotlariga köra, kamida 14 ta uçuvçisiz uçar qurilma nişonga yetib borgan. Asosiy zarbalar Xarkiv şahri va Xarkiv oblasti hududiga töğri kelgan: politsiya xabariga köra, regionda fuqarolik  infratuzilmalariga rossiyaliklarning önta droni hujum qilgan. Jabrlanganlar yöq, ammo xöjalik qurilmalari şikastlangan; şuningdek, bir neça joyda yonğin çiqqan.

Politsiyaçi Xarkivda rossiyaliklar droni zarbasidan qisman şikastlangan binoni tekşirmoqda
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkivda yaşovçi ayol rossiyaliklar droni zarbasidan keyin yonğin çiqqan hududda
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkivda rossiyaliklar droni zarbasi yonğin keltirib çiqargan binoda işlayotgan öt öçiruvçilar
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Rasmiylarning köndirişlariga qaramay evakuatsiyadan boş tortayotgan avdiyivkaliklar

Rossiyaning keng kölamli bosqini boşlanganidan keyin Avdiyivka uruşning qaynoq nuqtalaridan biriga aylangan. 2022 yil fevraliga qadar uşbu aholi yaşaş manzilida 35 kişi yaşagan bölsa, hozirga kelib, Ukraina boş vaziri örinbosari - vaqtinça okkupatsiya qilingan hududlar reintegratsiyasi vaziri Irina Vereşçukning sözlariga köra, şaharda mingga yaqin kişi qolgan. Şahar harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Barabaşning tasdiqlaşiça, Avdiyivkada birorta butun bino qolmagan.

Barabaşning sözlariga köra, şahardagi barçani evakuatsiya qiliş imkonsiz, bunga qonun ham yöl qöymaydi. «Har bir evakuatsiya maxsus amaliyotga öxşaydi. Birgina kişini olib çiqiş uçun ham köp sonli guruh harakat qilişi kerak. Odamlarni ketişga köndiriş öta qiyin, bizni [hukumat vakillarini] yuz martalab yuborişgan, ularning qarindoşlari bilan ham gaplaşiş kerak», — degan Barabaş. 14 oktyabr kuni u Avdiyivkadan odamlarni olib çiqiş uçun kelişilgan yölak mavjud emasligini ma’lum qilgan.

Politsiya xodimlari Avdiyivkani aylanib, aholini şahardan evakuatsiya bölişga undamoqda
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Rossiyaliklar öqqa tutişi oqibatida vayron bölgan bino
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Avdiyivkada işlaşda davom etayotgan yagona şifoxona xodimi peçga öt qalamoqda. Şaharda markazlaşgan isitiş tizimi yöq, hukumat tinç aholi vakillarini peç uçun ötin bilan ta’minlaşga harakat qilmoqda
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Mahalliy aholi vakillari ketişga köndirilmoqda. Ularning ortida — poliklinikaning şikastlangan binosi
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Avdiyivka öqqa tutilişi oqibatida halok bölgan aholi vakilining qabri
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images

«Da Vinçi börilari» batalyonining tibbiy xizmati

«Da Vinçi börilari» — Ukraina qurolli kuçlarining 2014 yilda şturm rota sifatida taşkil etilgan, hozirga kelib quruqlik qöşinlarining 1-alohida mexanizatsiyalaşgan batalyoniga aylantirilgan qismi. Batalyon bu nomni öz komandiri — «Da Vinçi» laqabli köngilli Dmitro Kotsyubaylo şarafiga olgan, 2021 yilda The New York Times u Avdiyivkadagi ofisida qölga örgatilgan börini saqlagani haqida yozgandi. 2021 yilda Kotsyubaylo tirikligida Ukraina Qahramoni unvonini olgan ilk köngilliga aylangandi. U 2023 yil martida Baxmut uçun janglar vaqtida halok bölgandi.

Hozirda «Da Vinçi börilari» Kupyansk ostonasida jang qilmoqda.

Yarador ukrainalik harbiyga yordam körsatilişi
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Ukraina QK jangçisi oğriqdan baqirmoqda. Harbiy şifokorlar yaradorlarni zirhlangan Hummer HAMVI avtomobilida evakuatsiya qilmoqda
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Yarador jangçiga evakuatsiya çoğida yordam berayotgan şifokor
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images

Ukraina qurolli kuçlarining Baxmut atrofidagi pozitsiyalari

Ukraina QK Boş ştabi xabariga köra, Baxmut ukrain qöşini rossiyaliklarning pozitsiyalariga yuriş qilayotgan yönalişlardan biri bölib qolmoqda. The Economist materialida Ukraina QK boş qömondoni Valeriy Zalujniy tan olganidek, duşman mudofaa çiziğini yorib ötişga muvaffaq bölinmayapti — ammo bu uruş davrida ikki tomon uçun ham ramziy ahamiyatga ega bölgan uşbu şaharni ozod etiş Kiyevning strategik maqsadi bölib qolmoqda.

Ukraina qurolli kuçlari jangçilari Baxmut atrofidagi pozitsiyada
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik harbiylar rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini baravar öt oçiş reaktividan öqqa tutmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Baxmut atrofidagi front çiziğida Ukraina QK artilleriyaçilari uçun öq-dori yetkazib berilişi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukraina QK jangçilari rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini artilleriya zarbasi uçun aniqlamoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukraina QK harbiylari Rossiya qöşinining Baxmut atrofidagi pozitsiyasiga artilleriya qurilmasidan zarba beriş vaqti
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukraina QK harbiylari rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini Amerikaning MLRS qurilmasidan öqqa tutmoqda
Vlada Liberovf / Libkos / Getty Images
Baxmut fronti yaqinida vayron bölgan çerkov binosi
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Baxmut atrofidagi örmonzorda Ukraina QKning maskirovka qilingan pozitsiyasi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukraina QK maxsus bölinmasi jangçilari laqabi «Kurt» bölgan harbiy xizmatçi qömondonligida kunning qoronği vaqtida granatomyotdan rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyasini öqqa tutmoqda
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images