8-10 noyabr kunlari Toşkentning ayrim köçalarida harakatlaniş çeklanadi, bu haqda Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining sammiti ötkazilişi tufayli quyidagi köçalarda harakatlaniş çeklanadi:
1. Islom Karimov nomidagi aeroport maydonidan Bobur köçasi böylab, Bobur - Şota Rustaveli çorrahasigaça;
2. Nukus - Bobur çorrahasidan Nukus köçasi böylab, Movarounnahr köçasigaça;
3. Oybek - Turkiston çorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor köçalari;
4. Islom Karimov - Bunyodkor çorrahasidan Islom Karimov köçasi böylab, Amir Temur – Islom Karimov çorrahasigaça;
5. Şarof Raşidov - Afrosiyob çorrahasidan Şarof Raşidov köçasi böylab Kiçik halqa aylanma yöligaça;
6. Navoiy - Mustaqillik çorrahasidan Navoiy – Labzak çorrahasigaça;
7. Furqat – Beşyoğoç çorrahasidan Beşyoğoç köçasi böylab Islom Karimov – Beşyoğoç çorrahasigaça;
8. Olmazor – Islom Karimov çorrahasidan Olmazor köçasi böylab Navoiy köçasigaça.
Harakatlaniş çeklangan köçalarda tez-tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlar bölinmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlaniş uçun ruxsat beriladi.












