
Infinix hamda PUBG Mobile hamkorligida ötkazilayotgan “Talabalar kampus turniri” kibersport turnirining ikkinçi musobaqasida Özbekistondagi 16ta universitetlardan talabalar iştirok etişdi.
2023 yilning 15 sentabridan 29 oktyabrga qadar davom etgan turnir davomida talabalar kibersport böyiça öz mahoratlarini namoyiş etib, eng yaxşi öyinçi va eng yaxşi jamoa nomi uçun kuraş olib borişdi.
Turnirning Grand-final bosqiçida Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining AVALANCHE TEAM jamoasi ğolib deb topildi. Jamoa a’zolari Artyom Şikov, Humoyun Jahongirov, Abdulloh Muhammadov va Sanjar Muxtorovlar 1-örin uçun 1000 AQŞ dollari miqdorida pul mukofoti va törtta Infinix Note 30 Pro smartfonlarini qölga kiritişdi.

2-örin va Infinix smartfonlari Toşkent moliya institutining TMI ESPORs jamoasiga nasib etdi.

3-örin va Infinix smartfonlarining sovrindorlari Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universitetining "ELEKTRONIKA" jamoasi öyinçilari deb topildi.

Final musobaqasi “Yunusobod” sport majmuasida ötkazildi. Tadbir ötkazilayotgan majmua PUBG Mobile va Infinix brendlarining logotiplari bilan qoplandi.
Tadbir davomida Infinix mehmonlar va muxlislarga öz maydonçasida brend smartfonlarida PUBG Mobile öynaş imkoniyatini berdi. Ular mustaqil ravişda öyinda özlarini sinab körişdi.
Buning uçun mehmonlar va muxlislarga Note 30 seriyali murakkab vazifalarni bajarişga möljallangan smartfonlar taqdim etildi. Note 30’ning asosiy afzalliklaridan biri 45W universal tez zaryadlanişi hisoblanadi. Bundan taşqari Note 30 versiyasidagi barça smartfonlar PD 3.0 tez quvvatlaş xalqaro standartlariga moslaştirilgan.
Note 30 ByPass tizimi bilan jihozlangan - yoqilganda, batareyani çetlab ötib, elektrga ulangan smartfon avtomatik ravişda töğridan-töğri elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, bu esa öyin davomida qurilmani haddan taşqari qizib ketişining oldini oladi.







