Yangi liniya örta segment imkoniyatlarini qayta talqin qiliş natijasida yaratilgan bölib, faol turmuş tarzi uçun flagman darajasidagi foydalanuvçi tajribasi, yuqori mustahkamlik, kuçli samaradorlik va uzoq işlovçi batareyani taqdim etadi.

NOTE 60 seriyasi ikki asosiy model — NOTE 60 Pro va NOTE Edge bilan start oladi. Har biri Infinix’ning qudrat, uslub va aqlli texnologiyalar falsafasini öziga xos tarzda namoyon etadi.

NOTE 60 Pro: yuqori mustahkamlik, flagman darajasidagi samaradorlik va kun böyi işonç

Infinix NOTE 60 Pro yuqori mustahkamlik, barqaror samaradorlik va maksimal avtonomlikni qadrlaydigan foydalanuvçilar uçun yaratilgan. Smartfon 4 nm texjarayonda işlab çiqarilgan Snapdragon 7s Gen 4 çipseti bilan jihozlangan bölib, kundalik vazifalarda silliq işlaş, barqaror geyming va yuqori yuklama paytida ham energiya tejamkorligini ta’minlaydi.

1.5K aniqlik va 144 Hzʼgaça yangilaniş çastotasiga ega 6,78 dyuymli AMOLED displey silliq skroll, aniq tasvir va uzoq muddat foydalanişda qulaylik beradi. Yuqori yorqinlik va Always-On Display qöllab-quvvatlovi ekran bilan bino içida ham, taşqarida ham qulay işlaş imkonini beradi.

NOTE 60 Pröning ajralib turuvçi xususiyatlaridan biri — Matrix Display, ya’ni orqa paneldagi interaktiv yoruğlik displeyidir. U bildirişnomalar, quvvatlaniş holati, musiqa ijro etilgandagi animatsiyalar va boşqa vizual effektlarni aks ettirib, smartfon bilan özaro aloqani yanada körgazmali va şaxsiylaştirilgan qiladi.

NOTE 60 Pröning asosiy afzalliklaridan biri — 6500 mAh siğimli batareya bölib, u kun davomida iş, öyinlar, multimedia va navigatsiya kabi faol foydalaniş uçun möljallangan va “batareya xavotiri”ni his qildirmaydi. Smartfon 90 Wʼgacha tezkor quvvatlaşni, şuningdek, 30 W simsiz quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi. Qöşimça bonus sifatida foydalanuvçilar sovğa töplamida 30W MagCharge simsiz quvvatlagiçiga ham ega böladi.

NOTE 60 Pro, şuningdek, JBL sozlamalariga ega stereo dinamiklar, NFC, infraqizil port, Infinix’ning AI-funksiyalari va Android 16 asosidagi XOS 16 platformasi bilan taqdim etiladi, uzoq muddatli dasturiy qöllab-quvvatlov ham kafolatlanadi.

NOTE Edge: Dimensity 7100 va yangi XOS 16 bilan taqdim etilgan ilk smartfon