Ukrainadagi uruşning 621-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 6 noyabrga ötar keçasi Odessaga raketalar va uçuvçisiz uçar qurilmalar bilan hujum qilindi. Sakkiz kişi jarohat olgan, Odessa milliy badiiy san’at muzeyi şikastlangan.
  • Britaniyaning 100 dan ortiq kompaniyasi Rossiyaga qarşi sanksiyalarni buzganini tan olgan va davlat tomonidan jazo yengillaştirilişiga umid qilmoqda. Kompaniyalar nomi keltirilmagan. Qoidabuzarlik uçun ogohlantiriş berilişi, jarima qöllanişi va hatto jinoiy iş oçilişi ham mumkin.
  • Rossiya Rostov oblastini anneksiya qilingan Qrim bilan boğlovçi temiryöl qurilişini boşladi, deb xabar berdi Zaporijjya oblastining anneksiya qilingan qismi «gubernatori» Yevgeniy Balitskiy.
  • Ukrainada Shahed dronlarining muqobilini seriyali işlab çiqariş boşlandi, deb ma’lum qildi «Ukroboronprom» boş direktori German Smetanin. Uning sözlariga köra, bunday dronlarning uçiş masofasi ming kilometrga yetadi.
  • Ukraina QK rossiyaliklarning 3 noyabr kuni Zaporijjya oblastiga yöllagan zarbasi oqibatida 19 kişi halok bölganini tasdiqladi.
  • Ilya Yaşinni telegram-kanalidagi postlarida «inoagent» markirovkasi yöqligi uçun ayblanmoqda. Siyosatçi öziga qarşi yangi jinoiy iş tayyorlanmoqda, deb hisoblaydi. 2022 yil dekabrida Yaşinni «feyklar» tarqatişda ayblab, sakkiz yil-u olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etişgandi.

Odessa öqqa tutilişi oqibatlari

6 noyabrga ötar keçasi Rossiya qöşini Ukrainaning janubiy hududlariga hujum qilgan. Ukraina qurolli kuçlari «Janub» operativ qömondonligiga köra, Odessa böylab «Oniks» va «Iskander-M» raketalari bilan zarba berilgan — ular şahar markaziga va «foydalanişda bölmagan sanoat binolari»ga tuşgan. Köp qavatli turar joy binosi hamda şahar tarixiy qismidagi Sofiya köçasida joylaşgan Odessa milliy badiiy san’at muzeyiga tuşgan. Şuningdek, Ukraina qurolli kuçlari Shahed tipidagi kamikadze dronlar Odessa oblasti port infratuzilmasiga hujum qilganini ma’lum qilgan — ular omborxonaga, maxsus texnika va ğalla yuklangan avtomobillarga kelib urilgan. Hujumlar oqibatida sakkiz kişi jarohatlangan, ularning barçasi şifoxonaga yotqizilgan.

Odessa badiiy san’at muzeyining körgazmalar zali hujumdan keyin
Odesskiy xudojyestvennyy muzey / AFP / Scanpix / LETA
Odessa badiiy san’at muzeyi yaqinida rossiyaliklar raketasi hosil qilgan krater
Nina Liashonok / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Tim Melnikov
Tim Melnikov

Çasiv Yar

Çasiv Yar Donetsk oblasti Baxmut şahridan 13 kilometr ğarbda, baland tepaliklar hududida joylaşgan, bu yerda Ukraina qurolli kuçlarining mudofaa liniyasi taşkil etilgan, Baxmut yönalişidagi asosiy ta’minot liniyasi ham u orqali ötadi. Front çiziğidan içkariroqda joylaşgan Çasiv Yar muntazam ravişda RF QK tomonidan artilleriya va kamikadze dronlar orqali öqqa tutib kelinmoqda. 

Çasiv Yarning drondan körinişi, 5 noyabr
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Mahalliy «Yengilmas punkt» rahbari — bu yerda odamlar isinişi, ovqatlanişi va texnikalarini quvvatlaşi mumkin. 
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Şahar qabristoni
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Çasiv Yarda yaşovçi keksa yoşli ayol iti bilan vayrona bino oldidan ötmoqda
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

Donetsk oblastidagi RF artilleriyaçilari 

Liman yaqinidagi rossiyalik harbiy xizmatçi 152-millimetr kalibrli, şatakka olib yuriluvçi 2A36 «Giatsint-B» zambaragi uçun snaryad taşimoqda. Liman — okkupatsiya ostidagi Donetskdan taxminan yuz kilometr şimoldagi strategik muhim şahar bölib, bu yerda yirik temiryöl tuguni joylaşgan. Limandan Şimoliy Don daryosidagi köpriklarga ham çiqiş mumkin.
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiy Liman yönalişida «Giatsint-B» gaubitsasidan öt oçmoqda
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiy öt oçiş pozitsiyasida «Giatsint-B» snaryadi gilzasini çiqarib olmoqda
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA