Ukrainadagi uruşning 623-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Yevrokomissiya Ukrainaning Yevroittifoqqa a’zoligi böyiça muzokaralarni boşlaşni tavsiya qildi.
  • Ayblov rossiyalik rassom ayol Saşa Skoçilenkoni sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etişni söradi, u dökonda mahsulotlarga narxlar örniga uruşga qarşi sözlar bitilgan qoğozlarni yopiştirib çiqqani uçun qölga olingandi.
  • Odessada sud Xerson oblastining anneksiya qilingan qismi «gubernatori» Vladimir Saldoni sirtdan 15 yilga ozodlikdan mahrum etişga hukm qildi. Uni davlatga xiyonat qiliş, kollaboratsionizm va Rossiyaning Ukrainaga qarşi qurolli tajovuzini oqlaşda aybdor deb topişgan.
  • Rossiya ikki mamlakat örtasidagi kelişuv muddati yakunlangani tufayli Gretsiyaning Moskvadagi elçixonasini yopdi.
  • Rossiya IIV Xalqaro jinoyat sudi sudyasi, Putinni hibsga olişga order bergan Serxio Xerardo Ugalde Godinesga qidiruv e’lon qildi.
  • Luhanskda «LXR militsiyasi» sobiq boşliği Mixail Filiponenko avtomobilga örnatilgan bomba portlaşi oqibatida halok böldi.
  • Vladimir Putin rossiyalik investorlarning muzlatilgan aktivlarini xorijliklarniki bilan almaştiriş töğrisidagi farmonini imzoladi.

Kun kadri. Rostov-Donda ukrainalik harbiy mahbus 19 yil muddatga qamaldi

Rossiyada ukrainalik harbiylar tomonidan tinç aholi öldirilişi bilan boğliq birinçi iş aprel oyida Rostov-Donda Janubiy harbiy okrug sudida körib çiqilişi boşlangandi. Ukraina qurolli kuçlari dengiz piyodasi Anton Çerednik Mariupol yaqinidagi Mirnoye posyolkasida yaşovçi Oleksandr Piskunovni otib taşlaşda ayblangan. Çerednikning tarixi haqida yozgan «Ґrati» naşri taxminiga köra, 2022 yil aprelida uni Mariupol yaqinida 501-batalyonning boşqa jangçilari bilan birgalikda qölga olişgan, öşanda batalyon harbiylari qurşovga tuşib qolgan va «Azov» polki hamda şaharning boşqa himoyaçilari mudofaalanayotgan «Azovstal» zavodiga öta olmagan.

Iş materiallariga köra, ukrainalik dengiz piyodasi qölga oliş çoğidayoq tinç aholi vakilini otganini tasdiqlagan. Keyinroq asirdalik çoğida uni bir neça bor kamera qarşisida söroq qilişgan. Videoda ham Çerednik qotillik qilganini tan oladi, ammo hodisaning turli detallarini oşkor etadi. Masalan, birinçi safar u özi öldirgan kişi «palyanitsya» nima degani (ukrainçasiga non) haqidagi savolga javob bera olmaganini aytadi, boşqa safar esa — u javob bergani, ammo «joyidan qimirlagani», şundan keyin öt oçganini aytadi. Bu videolar nega yozib olgani noma’lum. Şuningdek, öşa vaqtda askarning advokati ham bölgani aniq emas.

Anton Çerednikka 8 noyabr kuni sud hukmi öqildi, u «DXR» aholisi vakiliga kuç işlatiş va öldirişda aybli deb topilib, 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi . Prokuror Çerednik uçun 17 yil söragandi.

Anton Çerednik Rostov-Dondagi Janubiy okrug harbiy sudida
AFP / Scanpix / LETA

Ukraina QKning Vuhledar atrofidagi pozitsiyalari

Donetskdan 50 kilometr janubi-ğarbda joylaşgan Vuhledar şahri uçun janglar 2022 yil fevralidan buyon davom etmoqda. Keng kölamli bosqin boşlanguniga qadar Vuhledarda 15 ming atrofida odam yaşagan — 2023 yil yoziga kelib şaharda qolgan tinç aholi vakillari soni yuz nafar ham çiqmasdi. Amalda barça binolar şikastlangan yoki vayron qilingan, şaharda elektr va içimlik suvi ta’minoti yöq.

Noyabr oyi boşida Rossiya qöşini Vuhledar yönalişida oldinga siljişga harakat qildi. Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlari bu yurişni töxtatgani, RF armiyasi esa «oğir yöqotişlar»ga uçraganini ma’lum qilgan. Rossiyaliklar şaharni öqqa tutişda davom etmoqda.

Vuhledarning drondan körinişi
Kostya Liberov/ Libkos / Getty Images
58-alohida mexanizatsiyalaşgan brigada jangçilari öz pozitsiyasi böylab harakatlanmoqda
Kostya Liberov/ Libkos / Getty Images
Kostya Liberov/ Libkos / Getty Images
Ukrainalik piyodalar tongda Vuhledar atrofida Amerikaning MK-19 rusumli avtomatik stanokli granatomyotidan öt oçmoqda
Kostya Liberov/ Libkos / Getty Images
Ukrain pozitsiyalarida kuzgi loygarçilik
Kostya Liberov/ Libkos / Getty Images
Ukrainlarning «Karatel» nomli droni dala ustidan uçmoqda. «Karatel» — piyodalar harbiy maqsadlar böylab zarbalar yöllaşda foydalanadigan, qanoti qimirlamaydigan kiçik samolyot hisoblanadi
Kostya Liberov/ Libkos / Getty Images
Ukraina QK jangçilari «Karatel» dronlarini boşqarmoqda
Kostya Liberov/ Libkos / Getty Images