Luhanskda 8 noyabr, çorşanba kuni «xalq kengaşi» deputati, özini «LXR» deb e’lon qilgan hudud «xalq militsiyasi» boşqarmasi sobiq boşliği Mixail Filiponenkoning maşinasi portlatib yuborildi. Portlaş uning uyi yonida kuzatilgan, Filiponenko halok bölgan.
Filiponenkoning ölimidan söng Rossiya Tergov qömitasi (RTQ) uç modda, jumladan, terrorizm böyiça jinoiy iş qözğatdi.
2023 yil fevral oyida ham Filiponenkoning hayotiga suiqasd qilingandi, öşanda uning maşinasi «Öt oçişni töxtatiş rejimini nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş böyiça qöşma markaz» deb nomlangan «LXR» vakolatxonasi binosi yonida portlatilgan. Filiponenko omon qolgan, biroq uning haydovçisi jarohatlangan.
Ukraina Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi («GUR») Mixail Filiponenkoga suiqasd uyuştirişga aloqadorligini ma’lum qildi. Harbiy razvedkaning Facebook-akkauntiga köra, «maxsus operatsiya» ötkazilgan. «GUR» Filiponenko Luhansk viloyatining egallab olingan hududlarida harbiy asirlar va garovga olingan tinç aholi qiynoqqa solingan zindonlarni taşkil qiliş bilan şuğullanganini ta’kidladi.








