Davlat xavfsizlik xizmati qator hududlarda yer maydonlarini noqonuniy tarzda sotayotganlarni qölga oldi.
Davlat kadastrlari palatasining Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumani filiali xodimi va boşqa bir şaxs özaro til biriktirib, dehqonçilik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroga tumandagi fermer xöjaliklaridan biriga tegişli 17 gektar yer maydonini ijaraga olib beriş evaziga 15 ming AQŞ dollari talab qiladi.
Ular söralgan pul mablağini olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan jinoyat ustida qölga olindi.
Qaşqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda Qarşi tumanida istiqomat qiluvçi şaxs aldov yöli bilan özganing işonçiga kirib, unga tuman hokimligi zaxirasida bölgan 55 sotix yer maydonini mansabdor tanişlari orqali olib beriş evaziga 55 ming AQŞ dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, u söralgan pul mablağidan 11 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
DXX Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, Farğona tumanida yaşovçi, muqaddam firibgarlik bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan şaxs boğdorçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjalikning 13 gektar yer maydonini xaridorga 20 ming AQŞ dollariga sotişga va hokimiyatdagi tanişlari orqali uning nomiga rasmiylaştirib berişga kelişib, oldindan 10 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi dehqon xöjalik rahbari tuman hokimining 2019 yildagi qarori bilan dehqon xöjaligi taşkil etiş hamda vaqtinça foydalaniş uçun ajratilgan 2 gektar yer maydonini xaridorga 300 mln sömga sotişga kelişadi.
DXX Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda dehqon xöjalik rahbari talab qilingan pul mablağidan 8200 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda barça holatlar yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.












