Ortda qolayotgan hafta davomida Özbekistonda röy bergan muhim voqea-hodisalarning qisqaça tafsilotlari – Kun.uz dayjestida.

Fermerlar ilk marta özlari yetiştirgan paxtani özlari birjada sota oladi

“Fermerlar paxta yetiştirişda bir viloyat hududidagi istalgan klasterni erkin tanlaş huquqiga ega”. Yuridik jihatdan ikki yil avval tasdiqlab qöyilgan bu huquq amalda nihoyat mana endi işlay boşlaşi mumkin. “Fermerlar bir viloyat içidagi xohlagan klasteri bilan fyuçers şartnomasi tuzişi mumkin böladi. Ular fyuçers şartnomasidan ortgan hosilni birja orqali sotişiga ham imkoniyat yaratiladi”, deya e’lon qildi Şavkat Mirziyoyev 9 noyabr kungi selektorda.

Prezidentning sözlariga köra, kelgusi yil hosili uçun paxta yetiştirişga 60 foizlik avans klasterlar emas, töğridan töğri fermerlarning özlariga ajratiladi. Şuningdek, yangi klaster taşkil etiş uçun talablar kuçaytirilib, davlat tomonidan klaster va fermerlarni moliyalaştirişning yangi tartibi yölga qöyiladi.

Ayni paytda, fermerlarning klasterlar bilan emas, ixtiyoriy kooperativlarga birlaşgan holda paxta yetiştirişi mavzusi hamon kun tartibida emas. Öz qonuniy huquqlaridan foydalanayotgan kooperativlar şu paytgaça hokimliklar va içki işlar organlari qarşiligiga uçrab kelayotgan bölsa, endi ular qatoriga agroinspeksiya va sudlar ham qöşilgani açinarli. Sentyabr oyi oxirida Namanganning Mingbuloq tumanida 17 ta fermer xöjaligi tomonidan taşkil qilingan kooperativning paxta xomaşyosini qabul qiliş va qayta işlaş faoliyati agroinspeksiyaning arizasi asosida, sud qarori bilan tugatildi. Kuni keça apellyatsiya sudi bu qarorni özgarişsiz qoldirdi. Afsuski, qonunçilikdagi jumla “klaster taşkil etilgan hududlarda kooperatsiyaga ruxsat berilmaydi” qabilida noqonuniy talqin qilinmoqda.

Payşanba kungi yiğilişda qişloq xöjaligining boşqa tarmoqlari, xususan sut işlab çiqariş borasida ham yangiliklar aytib ötildi. Unga köra, sariyoğ eksportiga çeklov bekor qilinadi, sut yetiştiruvçi va qayta işlovçi korxonalarga davlat yordami beriladi. Supermarketlarda, xuddi xorijdagidek, quruq va tabiiy sutdan işlab çiqarilgan mahsulotlarni alohida belgilab qöyiş talabi kiritiladi. Prezident aynan yirik savdo tarmoqlarida mahalliy işlab çiqaruvçilarga teng şaroit yaratilmagani va boşqa sabablar tufayli Raqobat qömitasi raisi Şoxruh Şorahmedovning lavozimga loyiqligi masalasini körib çiqişni topşirdi.

Energetikada nima gaplar?

Özbekistonning yerosti gaz omborlari 98 foizga töldi. “Öztransgaz” ma’lumotiga köra, 6 noyabr holatiga “Gazli” va “Xöjaobod” gaz omborlariga kuz-qiş mavsumi uçun umumiy 3,4 mlrd kubometr gaz haydalgan. Ob-havo qulay bölgani uçun omborlardan gaz oliş boşlanmagani, aksinça, ularni töldiriş davom etayotgani ma’lum qilindi. Darhaqiqat, ötgan oyda dunyo böyiça oktyabr oyi uçun issiq harorat rekordi yangilandi. Umuman, butun 2023 yil tarixdagi eng issiği bölişi kutilyapti.

Gaz masalasida haftaning muhim yangiliklaridan biri Turkmanistonga oid böldi. 8 noyabr kuni “Turkmangaz” rahbari va Iroq energetika vaziri Turkmanistondan Iroqqa gaz yetkazib berişning asosiy şartlari töğrisidagi hujjatni imzoladi. Unga köra, janubdagi qöşnimiz 5 yil davomida Eron hududi orqali Iroqqa 9 mlrd kubometr hajmda tabiiy gaz yetkazib beradi. Bu esa özbekistonliklarda tabiiy bir savolni uyğotyapti: şundoqqina yon qöşnimizda tayyor ortiqça gaz bor ekan, nega biz gazni bir neça barobar uzoq masofadan, energoresurslarni siyosiy şantaj quroli deb biladigan Rossiyadan sotib olyapmiz? Rus gazi Qozoğiston hududidan tranzit bölişi hisobga olinsa, narxi ham qimmatroq ekanini taxmin qiliş mumkin.

Albatta, Özbekistonning Turkmanistondan gaz xaridi böyiça kelişuvi ham yöq emas. Avgusti oyida rasmiy Toşkent va Aşxobod yiliga 2 mlrd kubometrgaça gaz yetkazib beriş böyiça qisqa muddatli bitim imzoladi. “Bu boşlanişi. Kelişuv uzoq muddatli şartnoma işlab çiqişni ham öz içiga oladi”, degan energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov.

Bu borada uzoq muddatli şartnoma imzolaşni Rossiya ham kutyapti va muzokaralar allaqaçon boşlangan. Amaldagi kelişuv muddati – 2 yillik. “Gazprom” raisi Aleksey Miller şu hafta bergan intervyusida Rossiyaning Özbekistonga gaz yetkaziş borasida “yanada ulkan maqsadlari” borligini aytib, 2025 yil noyabrdan e’tiboran kattaroq hajmdagi ta’minot boşlanişi, ungaça infratuzilmani şunga moslab, tayyor qilib qöyiş kerakligiga urğu berdi.

Şu kunlarda Özbekiston tabiiy gaz bilan birga, neft importini ham sezilarli oşirişi ma’lum böldi. 3 noyabr kuni Moskvada imzolangan uç tomonlama hujjatga asosan, 2024 yilda Rossiyadan Qozoğiston orqali Özbekistonga neft xomaşyosi yetkazib beriş hajmini 1 million tonnaga yetkaziş rejalaştirilmoqda. Taqqoslaş uçun, 2023 yil uçun tuzilgan kelişuvda Rossiyadan 300 ming tonna neft sotib oliş közda tutilgan edi. Özbekiston Energetika vazirligiga köra, yangi şartnoma benzin işlab çiqarişni köpaytiriş imkonini beradi.

Madaniyat va san’at sohasi vakillariga uy-joy oliş uçun subsidiya tölanadi

Özbekistonda madaniyat va san’at sohasi xodimlariga uy-joy xarid qilişi yoki qurişi uçun 245 mln sömgaça subsidiya tölaş tartibi tasdiqlanişi mumkin. Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori loyihasi muhokamaga qöyildi.

Loyihaga köra, madaniyat va san’at sohasida kamida 2 yillik iş stajiga ega şaxslar ipoteka asosida uy-joy sotib oliş yoki quriş uçun Toşkentda davlatdan 245 mln söm, viloyatlarda 192 mln sömgaça subsidiya olişi mumkin böladi. Subsidiya kimlarga berilişini hududiy komissiyalar hal qiladi. Uni qölga kiritganlar yangi uy narxining faqat 5 foizini boşlanğiç tölov sifatida tölasa bölgani.

Tabiiyki, loyiha jamoatçilik e’tirozlariga sabab böldi. Ularni umumlaştirib aytganda, “madaniyat va san’at sohasi vakillarining şoxi bormi?” degan savol qöyilyapti. Madaniyat vazirligi tanqidlarga bildirgan munosabatida bu savolga javob bermagan. Vazirlikning izohlaşiça, xalqaro miqyosdagi tanlov va festivallarda örin olgan san’atkorlarning “aksariyati uzoq yillardan beri oilaviy yotoqxonalarda yaşayapti”. Bu masala böyiça regulation.gov.uz portalidagi jamoatçilik muhokamasi 22 noyabrgaça davom etadi.

Özbekistonning davlat qarziga oid yangi ma’lumotlarni aynan artistlarga subsidiya tölaş haqidagi xabar fonida aytib ötamiz. Ma’lum bölişiça, 2023 ĭil 1 iyul holatiga Özbekistonning davlat qarzi 31,5 mlrd dollarga yetib, yalpi içki mahsulotning 37 foiziga teng bölgan. Şundan, davlat taşqi qarzi salkam 26 mlrd dollar, içki qarzi esa 5,5 mlrd dollarni taşkil etgan. Eslatib ötamiz, oktyabr oyida yevrobondlar çiqariş orqali yana 1 mlrd dollar qarz olingandi.

Hukumat 2024 yilda yana 5 mlrd dollar qarz olişni rejalaştiryapti. Qarzlarning sezilarli qismi budjet defitsitini yopiş uçun sarflanadi. Xabaringiz bölsa kerak, defitsit kritik darajada oşib ketib, YaIMga nisbatan 6 foizga yaqinlaşib qolgan. Bu holatga oxirgi hisobotlaridan birida Markaziy bank ham e’tibor qaratdi. Regulyatorning tahlillariga köra, davlat budjeti defitsiti taşqi savdo balansidagi defitsitni ham kuçaytiryapti, ikki tomonlama defitsitning uzoq davom etişi esa salbiy oqibatlarga olib keladi. Markaziy bank hukumatni ogohlantirarkan, 2022 yilda Şri-Lankada röy bergan defoltni eslatgan.

Xalqaro indekslar

Hafta davomida bir neçta xalqaro reytinglarda Özbekistonning yangi örinlari ma’lum böldi.

Mobil internet tezligi böyiça Özbekiston dunyoda 100-örinni egalladi. Taqqoslaş uçun, uç yil oldin 133-örinda edik. Speedtest kuzatuvlariga köra, respublikada sentabr oyida mobil internet orqali örtaça yuklab oliş tezligi 24 Mbit/s, yuklaş tezligi esa 13 Mbit/s ni taşkil qilgan. Simli internet tezligi böyiça esa Özbekistonning örni ikki poğonaga pasayib, 91-öringa tuşgan, şunday bölsa-da Markaziy Osiyodagi yetakçilikni saqlab qolgan. Mobil internet tezligi böyiça Qozoğiston katta farq bilan oldinda boryapti.

Xavfsizlik borasidagi reytinglarda esa Özbekiston doimgidek yetakçilar qatorida. Amerikaning Gallup jamoatçilik fikri instituti ötkazgan sönggi tadqiqotga köra, Özbekiston dunyoning eng xavfsiz davlatlari reytingida bir neçta davlat birga 4-örinni egalladi. E’tiborlisi, 1-örin Tojikistonning yakka öziga nasib qilgan. Reyting ötgan yili 141 ta mamlakatda 146 mingdan ortiq kişi, xususan har bitta mamlakatda kamida ming kişi örtasida ötkazilgan sörov natijalari asosida tuzilgan.

Butunjahon xayriya indeksida esa Özbekiston 36-örinda boryapti. Gallup kömagida ötkazilgan tadqiqot xulosasiga köra, 2022 yilda Özbekistonning katta yoşdagi aholisining 59 foizi begonalarga yordam bergan, 58 foizi pul mablağini xayriya qilgan, 18 foizi esa xayriya tadbirlarida köngilli sifatida iştirok etgan. Xayriya indeksida Markaziy Osiyodan Tojikiston 24-örinda, Qirğiziston 34-örinda, Qozoğiston 107-örinda qayd etilgan. Rossiya va Qozoğiston eng quyi örinlarda qayd etilgan.

Biz aytmoqçi bölgan sönggi reytingdagi örnimiz esa yoqimsiz va xavotirli. 7 noyabr kuni tongda Toşkent yana jahondagi havosi eng iflos şaharlar beşligiga kirdi. Bu vaqtda şahardagi 1 metr kub havodagi PM2,5 zararli çanglari miqdori 174 mikrogramga yetgan. Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga köra, havo ifloslanişi körsatkiçlari orasida aynan PM2,5 dispers zarralari salomatlik uçun eng xavflisidir. Xayriyatki, hafta örtalarida yoğgan yomğir şahar havosini birmunça tiniqlaştirdi.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

OpenAI kompaniyasi ChatGPT sun’iy intellektini özbekistonliklar uçun oçib qöydi. Bungaça dasturdan Özbekistondan turib foydalaniş uçun VPN işlatişga töğri kelardi. Dunyoni özgartirayotgan eng maşhur sun’iy intellektning imkoniyatlaridan töliqroq foydalaniş uçun uning pulli versiyasiga obuna böliş kerak. Sun’iy ong özbekçani ham tuşunadi, lekin xalqaro tillarda ança yaxşiroq işlaydi.

Rossiyada yuzdan ortiq özbekistonlikning pasporti olib qöyilib, majburiy mehnatga jalb etilgani aniqlandi. Ular Sverdlovsk viloyatidagi tovuq fermasida işlatilgan, ikki oy davomida oylik berilmagan. Vatandoşlarning konsulxonaga murojaatidan keyin ularning pasporti qaytarib berilgan, lekin iş haqlari olib berilgani yoki yöqligi ma’lum emas. Qöşimça qiliş örinliki, oxirgi paytlarda Rossiyada hamma muammolarga migrantlarni balogardon qiliş avjiga çiqyapti. Ularning pul ötkazmalariga 30 foizlik komissiya belgilaş taklif etilyapti. Sönggi kunlarda Çelyabinsk oblastida muhojirlarga jamoat transportini boşqariş taqiqlandi.

Toşkentda Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti sammiti bölib ötdi. Unda Özbekiston, Turkmaniston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkiya, Ozarboyjon va Eron prezidentlari hamda Qozoğiston va Pokiston boş vazirlari iştirok etdi. Şavkat Mirziyoyev sammitdagi nutqida taşkilot doirasida savdoni soddalaştiriş töğrisida bitim tuzişga va transport koridorlarini rivojlantirişga çaqirdi. Prezident öz nutqida Ğazo sektoridagi vaziyatga yana bir marta munosabat bildirib, öt oçiş töxtatilişi kerakligi, Falastin xalqi öz davlatini barpo etişga haqli ekanini ta’kidladi.

Fransiya prezidentining taşrifidan bir hafta ötar-ötmay, Özbekistonga endi Italiya prezidenti Serjo Mattarella taşrif buyurdi. Toşkent va Rim örtasida diplomatiya, fan va texnologiya, ta’lim va sport sohalariga oid kelişuvlar imzolandi. Eslatib ötamiz, Italiya şu yil yozda Özbekistonning Ğarbiy Yevropadagi birinçi strategik şerigiga aylangan edi. Makronning taşrifi vaqtida Fransiya bilan munosabatlar ham strategik şeriklik darajasiga kötarilişi e’lon qilingan.

Toşkent şahri tarkibida Yangi Toşkent nomli tuman taşkil etiladi. Bu tuman Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq va Örta Çirçiq tumanlaridan Toşkent şahriga ötkaziladigan salkam 20 ming gektar hududni öz içiga oladi. Uning yarmidan köpi – qişloq xöjaligi yerlari. Şu tariqa, Toşkent şahri tarkibidagi tumanlar soni 13 taga yetadi. Oxirgi marta 2020 yilda poytaxt tarkibida Yangihayot tumani taşkil etilgan.

Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova