Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha dunyoda 100-o‘rinni egalladi
O‘zbekistonda mobil internet tezligi dunyo yetakchilarinikidan qariyb 9 barobar pastligi qayd etildi.
Sentyabr oyida O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha dunyoning 141 mamlakati ichida 100-o‘rinni egalladi. Bunday ma’lumotlar Speedtest Global Index veb-xizmati reytingida keltirilgan.
Avgust bilan solishtirganda (101-o‘rin) O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida 1 pog‘ona ko‘tarildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda sentabr oyida mobil internet orqali o‘rtacha yuklab olish tezligi 23,63 Mbit/s, yuklash tezligi esa 12,6 Mbit/s ni tashkil qildi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston sentabr oyida mobil internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi (umumiy reytingda 66-o‘rin). Qirg‘iziston ikkinchi (88-o‘rin), O‘zbekiston uchinchi (100-o‘rin), Tojikiston to‘rtinchi (136-o‘rin) bo‘ldi. Turkmaniston bo‘yicha ma’lumot yo‘q.
Dunyoning barcha mamlakatlari orasida eng tez mobil internet Birlashgan Arab Amirliklarida qayd etilgan. U yerda sentabr oyida yuklab olish tezligi 211,58 Mbit/s, yuklash tezligi esa 22,02 Mbit/s edi. Qatar ikkinchi, Xitoy esa uchinchi o‘rinda.
O‘zbekiston sentabrda statsionar (simli) internet tezligi bo‘yicha o‘z mavqeini yomonlashtirdi va 91-o‘rinni egalladi. Bu avgust oyiga nisbatan 2 o‘rin past. Sentyabr oyida yuklab olish tezligi 53,08 Mbit/s, yuklash tezligi esa 53,53 Mbit/s bo‘ldi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston statsionar internet tezligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi (umumiy reytingda 91-o‘rin). Qirg‘iziston ikkinchi (93-o‘rin), Qozog‘iston uchinchi (96-o‘rin), Tojikiston to‘rtinchi (127-o‘rin) bo‘ldi.
Dunyoning barcha mamlakatlari orasida eng tez statsionar internet Honkongda qayd etildi - yuklab olish tezligi 265,17 Mbit/s, yuklash tezligi esa 183,90 Mbit/s. Singapur ikkinchi, Chili esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
18:53 / 16.04.2024
O‘zbekiston mobil internet hamyonbopligi reytingida Markaziy Osiyoda eng yaxshi bo‘ldi
16:56 / 19.01.2024
«Airbnb effekti»: yo‘q bo‘layozgan shahar internet ilova sabab daromad manbaiga aylandi
00:23 / 11.01.2024
Internet bloklanishi tufayli eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar e’lon qilindi
12:31 / 17.11.2023