Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Markaziy Osiyo - Markaz» quvuri orqali gaz yetkazib berish hajmi oshiriladi – Gazprom
Gaz quvurlari tizimini rekonstruksiya qilishning ikkinchi bosqichi yakunlangach, ta’minot hajmi 2025 yil 1 noyabrdan oshirilishi mumkin.
«Markaziy Osiyo – Markaz» gaz uzatish tizimi orqali Rossiya gazini teskari rejimda yetkazib berish 2025 yil noyabr oyidan boshlab yanada oshirilishi kerak. Bu haqda Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksey Miller «Izvestiya» nashriga aytdi.
Uning eslatishicha, Rossiya bilan Qozog‘iston o‘rtasida gaz sohasida «eng yirik strategik loyiha allaqachon boshlangan, birinchi bosqich yakunlangan». Miller gaz yetkazib berish hajmi qancha miqdorga oshirilishiga aniqlik kiritmadi.
Oktyabr oyida «Markaziy Osiyo – Markaz» quvuri orqali Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish boshlandi. Amaldagi shartnoma kuniga 9 mln m.kub hajmdagi ta’minotni nazarda tutadi. Zarur bo‘lganda Qozog‘iston ham quvur orqali Rossiya gazini olishi mumkin.
«Bu aslida «Markaziy Osiyo - Markaz» gaz quvurlari tizimining ikkinchi tug‘ilgan kuni. Gaz Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekiston hududiga yetkazilmoqda. Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumida uchta strategik memorandum imzolandi: Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvurlari tizimini kengaytirish bo‘yicha. Xususan Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan Rossiya gazini yetkazib berish hajmini oshirish, shuningdek, ushbu mintaqadagi boshqa mamlakatlarga gaz tranzit qilish haqida. Rossiya gazini ushbu gaz transporti tizimi orqali teskari rejimda yetkazish bo‘yicha yanada ulkan maqsadlar qo‘yildi. «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvurlarini rekonstruksiya qilishning ikkinchi bosqichini o‘tkazish muddati qat’iy: ta’minot 2025 yil 1 noyabrdan kechiktirmay boshlanishi kerak», dedi Miller.
7 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya va Qozog‘iston rahbarlari Vladimir Putin hamda Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan birgalikda «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvuri orqali Rossiya gazini yetkazish jarayoniga start berdi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekiston Rossiya bilan 2,8 milliard m.kub tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha ikki yillik shartnoma tuzgan.
Mavzuga oid
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
18:02 / 20.05.2026
Si Putin bilan Rossiya gazi uchun shartnoma tuzishni yana rad etdi
13:18 / 15.05.2026