O‘zbekiston Rossiyadan neft importini 3 barobarga oshiradi
2024 yilda Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga neft xomashyosi yetkazib berish hajmini 1 million tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu – 3 noyabr kuni Moskvada imzolangan uch tomonlama hujjatda qayd etilgan.
Hujjatni RF energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Sorokin, O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayev va Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Yerlan Akkenjyenov imzoladi.
O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, hujjatda kelishuvni amalga oshirishda “Omsk – Pavlodar – Chimkent – Shagir” neft quvuri orqali yuk tashishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Shartnomada tomonlarning uzoq muddatli asosda 2024 yilda va keyingi yillarda neft xomashyosi yetkazib berishni 1 million tonnaga yetkazish bo‘yicha tijorat shartnomalarini amalga oshirishda har tomonlama yordam ko‘rsatishi belgilangan. Jumladan, neft xomashyosining o‘zaro maqbul narxini kelishish hamda uning hajmini oshirishni hisobga olgan holda, tomonlarning mamlakatlari hududi bo‘ylab neft xomashyosini to‘liq hajmda to‘sqinliksiz tashish ta’minlanishi aytilmoqda
Bu shartnoma benzin ishlab chiqarishning ko‘payishiga, O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini ham kengaytirishga imkon berishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2023 yil uchun Rossiya va Qozog‘istondan 300 ming tonnadan neft xarid qilish bo‘yicha kelishuvlar tuzgandi.
Sentyabr oyida Rossiya benzin eksportiga taqiq kiritishi ortidan, oktyabr o‘rtalariga kelib O‘zbekistonda benzin narxlari oshishi kuzatilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yildan boshlab O‘zbekiston Rossiyadan ilk marta tabiiy gaz importini yo‘lga qo‘ymoqda. Ikki yillik dastlabki shartnomaga asosan, Rossiya Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yiliga 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib beradi.
Mavzuga oid
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
11:15 / 18.12.2024
Anapada sohildagi neft mahsulotlari tufayli favqulodda holat joriy etildi
21:54 / 12.12.2024
Hindiston va Rossiya neft bo‘yicha tarixiy kelishuvga erishdi - OAV
17:04 / 11.12.2024