Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida qurilayotgan “dom”ning tuproq qismi yomğirdan söng çökib, tag qismi oçilib qolgani aks etgan videolavha tarqaldi. Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat berdi.
Vazirlikka köra, uşbu holat Şayxontohur tumani Gulobod köçasi 234-uy manzilida qurilayotgan köp qavatli uyda yuzaga kelgan. Mazkur turar joy majmuasi “Roaf Art House” MÇJ tomonidan bunyod etilmoqda.

“Ayni paytda mazkur obektda quriliş-montaj işlari töliq yakunlanmagan. Bino va inşootlarni foydalanişga qabul qiliş dalolatnomasi ham rasmiylaştirilmagan. Binoning otmostka qismidagi quriliş-montaj işlari töliq yakunlanmagani bois, yomğir oqova suvlari binoning poydevor qismini himoya qilib turuvçi ziçlaştirilgan tuproq içiga tuşgan va şu sababli ayrim joylarida otmostkaning çökiş holatlari yuzaga kelgan. Hozirda uşbu kamçiliklar quruvçi taşkilot tomonidan bartaraf etilmoqda.
Şuningdek, hozirda hududiy nazorat qiliş inspeksiyasi mutaxassislari mazkur quriliş obektida quriliş-montaj işlari sifati ustidan nazorat işlarini olib borişmoqda” deyiladi vazirlik munosabatida.
Qöşimça qilinişiça, mazkur obekt Toşkent şahar hokimining 2019 yil 23 avgustdagi 1164-sonli qaroriga asosan “Roaf Art House” MÇJga köp qavatli turar joy kompleksini quriş uçun maydoni 0.45 gektarli yer uçastkasi böyiça zaxiralaş hamda loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqişga ruxsat berilgan. Toşkent şahar quriliş boş boşqarmasi tomonidan 2019 yil 16 sentabrda arxitektura rejalaştiriş topşiriği işlab çiqilgan hamda 2020 yil 2 iyulda eskiz loyihasi tayyorlangan.
Çirçiqda yangi qurilgan 9 qavatli “dom” çökib, qiyşayib qoldi












