Germaniyada 2023 yilda qoçqinlar va boşpana izlovçilarga, şuningdek, migrantlar uçun xostellarga hujumlar sezilarli darajada oşdi. Joriy yilning 9 oyida 1515 ta şunday huquqbuzarlik sodir etilgan, ya’ni ötgan yilga nisbatan köp (1371 ta hujum). Bu haqda federal hukumatning 14 noyabr, seşanba kuni dpa agentligi söl partiyaning parlament fraksiyasi söroviga javobiga tayanib xabar berdi.

Aksariyat hujumlar öng ekstremistlar tomonidan amalga oşirilyapti 

Hujjatda aytilişiça, joriy yilning uçinçi çoragida qoçqinlar yotoqxonalariga 30 ta hujum uyuştirilgan, ulardan 23 tasini politsiya öng ekstremistlar bilan boğlayapti. Bundan taşqari, huquq-tartibot idoralari vakillari fikriça, iyul-sentabr oylarida qoçqinlarga yaşaş joyidan taşqarida röyxatga olingan 417 ta siyosiy motivli hujumning 375 tasi öta öng guruhlar vakillari tomonidan amalga oşirilgan. 

Yana 19 ta ana şunday jinoyatlar «yot mafkura» fenomeni (motivi jinoyatçilarning kelib çiqişi nemis bölmagani bilan boğliq bölgan jinoyatlar), yana ikkitasi söl ekstremistlar jinoyati sifatida tasniflangan. Ayrim hujumlar sabablari noma’lumligiça qolmoqda. 55 ta holatda zöravonlik qöllangan. 

«Germaniyada qoçqinlar har kuni hujumga uçraydi, kamsitiladi va ularga duşmanlik bilan munosabatda bölişadi», dedi agentlikka Söl partiyadan deputat Klara Byunger. U bunday jinoyatlarning köpayişi sabablarini Germaniyada immigratsiya qonunçiligidagi özgarişlarga doir munozaralarda körmoqda. U Germaniyadagi qoçqinlarni himoya qilişni kuçaytirişga çaqirdi.