Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi 6-umumta’lim maktabi öqituvçisi Yorqinoy Mamatisaqova a’loçi öquvçilari uçun «Ustoz stipendiyasi»ni «joriy qildi». Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, 30 yildan buyon rus tili va adabiyoti fanidan öquvçilarga saboq berib kelayotgan pedagog xorij tajribasini örganib, undan özi ta’lim beradigan 10-«B» sinfida foydalangan. 

Jumladan, 1-çorak yakuni böyiça 4 nafar a’loçi öquvçini aniqlab, ularga sinf rahbarligi uçun tölanayotgan maoşidan «Ustoz stipendiyasi»ni bergan. Şuningdek, yana 12 nafar a’loçi öquvçilarni taqdirlagan. 

«II-çorakdan stipendiya oliş uçun köp öquvçilarim harakat qilmoqçi. Bir oyda sinf rahbarlik uçun oladigan maoşim öquvilarimga ketsa ham ularni rağbatlantirişdan zavqlanaman. Boisi, bu stipendiyani joriy qilganimdan söng öquvçilarimning ota-onasi qönğiroq qilib, rahmat aytişdi. Farzandi uyga pul solingan konvertni oçmay olib borib, ota-onasiga berganini quvonç bilan gapirişdi. Oila davrasida oçilgan konvertni uy töriga qöyişibdi. Öquvçilarim közidagi quvonç menga u olayotgan maoşimdan köra köproq huzur berdi», dedi Yorqinoy Mamatisaqova bu haqda. 

Xabarda sinf rahbarligi uçun belgilangan maoş va «Ustoz stipendiyasi» miqdori qança ekani haqida ma’lumot berilmagan.