Qozoğiston moliyaçilarining XII Kongressi doirasida raqamli tengeni işga tuşiriş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Qozoğiston Milliy banki xabar berdi. 

Regulyator sinov tariqasida raqamli tenge platformasini sinovdan ötkazadi. Mijozlar mobil ilovada hisobraqam oçiş orqali valutadan foydalanişi mumkin böladi. 

Milliy bank iştirokçi banklar foydasiga raqamli tengening birinçi emissiyasini amalga oşirdi. Raqamli tengedan foydalangan holda birinçi real çakana savdo ham amalga oşirildi. 

Qozoğiston Milliy tölov korporatsiyasi raisi Binur Jalenov sözlariga köra, mamlakatda mavjud tölov kartalarini raqamli tenge platformasi bilan birlaştiruvçi texnologiya yaratildi. 

«Bu sizga ApplePay, SamsungPay va boşqa qurilmalardan foydalangan holda dunyoning istalgan nuqtasida, qayerda bölsangiz ham raqamli tengeda tölov qiliş beradi», deb tuşuntirdi u. 

Raqamli tengeni töliq miqyosda joriy etiş 2025 yil oxirigaça rejalaştirilgan. 

Raqamli tenge alohida elektron hamyonlarda qayd etiladigan noyob raqamli ketma-ketliklar formatida çiqariladi. Raqamli pullarni joriy etişning afzalliklari qatorida ekspertlar korrupsiyaga qarşi kuraşning yana bir usuli paydo bölganini, oflayn formatda naqd pulsiz tölovlarni amalga oşiriş imkoniyatini, şuningdek, vositaçilar sonini kamaytiriş hisobiga transçegaraviy tölovlarni tezlaştiriş va narxini pasaytirişni keltirmoqda. 

Xuddi şunday valuta Rossiyada ham joriy qilinmoqda. 15 avgustda raqamli rubl orqali tölovlarni amalga oşiriş sinov tariqasida işga tuşirilgan.