Aholini kiçik va örta biznesga (KÖB) keng jalb qilişning quyidagi ustuvor yönalişlari belgilandi:
aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini öqitiş orqali ularning biznes taşabbuslarini moliyaviy va konsultativ qöllab-quvvatlaş tizimini yölga qöyiş va «oilaviy tadbirkor – mikrobiznes – kiçik biznes – örta biznes» zanjiri asosida ularning faoliyatini kengaytiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş;
davlat dasturlari doirasida kiçik va örta biznes loyihalarini «Biznesni rivojlantiriş banki» ATB, «Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi» AJ va boşqa hamkor tijorat banklaridan iborat yaxlit moliyaviy tizim asosida qöllab-quvvatlaş;
tadbirkorlikka öqitiş, KÖB loyihalarini moliyalaştiriş hamda biznes jarayonlarining barça bosqiçlarida doimiy hamrohlik qilişni «Kiçik biznesga kömaklaşiş markazi» MÇJlar va «Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi» AJda hamda elektron platformalarda amalga oşiriş.
Hujjat bilan 2024–2026 yillar uçun «Biznesni rivojlantiriş banki» ATB va «Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi» AJ faoliyatining asosiy maqsadli körsatkiçlari tasdiqlandi.
«Biznesni rivojlantiriş banki» ATB 300 mln AQŞ dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)larni xalqaro kapital bozorlarida muomalaga çiqaradi.
Aholini kiçik va örta biznesga keng jalb qiliş böyiça respublika komissiyasi va uning hududiy bölinmalari taşkil etiladi.
«Yagona darça» tamoyili asosida xizmat körsatiş uçun «Kiçik biznesga kömaklaşiş markazi» MÇJlar va «Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi» AJning vakillari SSPning hududiy boşqarmalari binolariga joylaştiriladi.









