Toşkentda maktab öquvçisi is gazidan ogohlantiruvçi qurilma yaratdi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Qurilma 9-sinf öquvçisi bölgan Ozodbek Hoşimov tomonidan ixtiro qilingan bölib, u uç yildan buyon robototexnika tögaragiga qatnab kelgan. Qurilma gaz, olov va tutun yuzaga kelganda uy egalarini ogohlantiradi, şuningdek, öt öçiruvçilarga xavf yuzaga kelgan joydan geolokatsiya taşlab, SMS xabarnoma yuboradi.

“Qiş mavsumi edi. Odamlar is gazidan vafot etdi degan maş’um xabarlarni OAV orqali öqib, eşitganimda, buning oldini oliş kerak degan öy keldi va buning ortidan mana şu ixtironi yaratiş ğoyasi tuğildi. Agar uşbu ixtiro tegişli xizmatlar bilan integratsiya qilinsa, albatta bunday baxtsiz hodisalarning oldi olinişiga işonaman”, — deydi öquvçining özi.

Ayni damda uning ixtirosini patentlaş jarayoni keçmoqda.