Şimoliy Koreya özining birinçi harbiy razvedka sun’iy yöldoşini uçiriş böyiça ikki marta muvaffaqiyatsiz urinişlaridan söng, endi uni yana uçirişga hozirlik körmoqda, deya ma’lum qildi Janubiy Koreya ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi (JCS).

Qömita Pxenyanga qattiq ogohlantiriş berib, uçirişga tayyorgarlikni «zudlik bilan töxtatişni» talab qildi. «Agar Şimoliy Koreya ogohlantirişga qaramay tayyorgarlikni davom ettirsa, harbiylarimiz xalqimiz hayoti va xavfsizligini himoya qiliş uçun zarur çoralarni köradi», — deyiladi 20 noyabr, duşanba kuni Yonhap axborot agentligi xabarida.

Avvalroq Janubiy Koreya mudofaa vaziri Sin Von Sik KBS telekanaliga bergan intervyusida KXDR noyabr oyi oxirigaça özining birinçi razvedka sun’iy yöldoşini uçirişga urinib körişi mumkinligini ma’lum qilgandi, Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasining operatsiyalar böyiça boş direktori Kan Xo Pil Pxenyan «bunga şu haftadayoq» yana urinib körişi mumkinligini bildirdi.

Seul Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen Inning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvidan söng KXDR zarur texnologiyalarni Rossiyadan olgan bölişi mumkinligidan xavotirda, deb yozadi Yonhap. Janubiy Koreya mudofaa vaziri Sin Von Sikning sözlariga köra, KXDR «Rossiya yordamida» dvigatel bilan boğliq muammolarni «deyarli hal qilgan».

Avvalroq Pxenyan may va avgust oylarida sun’iy yöldoşni uçirmoqçi bölgandi, biroq ikkala uriniş ham muvaffaqiyatsizlikka uçradi.