Toşkentdagi «Bunyodkor» stadionida 30 mingdan ortiq tomoşabin qarşisida keçgan milliy jamoamiz uçun yilning eng muhim töqnaşuvida forslar birinçi bölimning özida 13-daqiqada Rizoiyon va 38-daqiqada Toremiyning golidan keyin hisobda ikki töp farqi bilan oldinda edi – 0:2.
Sreçko Katanets şogirdlari ikkinçi bölimda öyinda buriliş yasaşdi. Ayniqsa, Abbosbek Fayzullayev va Igor Sergeyev zaxiradan maydonga tuşgaç, vaziyat özgardi. Oston Örunov 52-daqiqada hisobni qisqartirdi – 1:2.
83-daqiqada esa Şukurov – Şomurodov – Fayzullayev – Örunovning ajoyib kombinatsiyasini Sergeyev darvozaga yöllab, kambek muallifiga aylandi – 2:2.
Şu tariqa, Özbekiston 14 yil ötib, Toşkentda Eron bilan yana durang qayd eta oldi, ammo forslar poytaxtimizda öz tarixidagi mağlubiyatsiz seriyasini davom ettirişdi. Eron 4 oçko bilan guruhda peşqadamlikni saqlab qoldi, Özbekiston ham şunça oçko va töplar nisbatiga köra 2-örinda bormoqda. Turkmaniston va Hongkong esa durang (2:2) qayd etib, öz hisoblariga bir oçkodan yozib qöyişdi.
JÇ-2026 va Osiyo Kubogi-2027 qöşma saralaş bosqiçi.
«E» guruhi. 2-tur. 21 noyabr
Özbekiston – Eron – 2:2
Boş hakam: Muhammad Abdulla Hassan (BAA)
Gollar: Oston Örunov 52, Igor Sergeyev 83 – Ramin Rizoiyon 13, Mehdi Toremiy 38.
Özbekiston: 1.Ötkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farrux Sayfiyev, 5.Rustam Aşurmatov (21.Igor Sergeyev, 82), 7.Otabek Şukurov, 9.Odilbek Hamrobekov, 10.Jaloliddin Maşaripov (22.Abbos Fayzullayev, 62), 11.Oston Örunov, 14.Eldor Şomurodov, 15.Umarbek Eşmurodov, 23.Husniddin Aliqulov.
Eron: 1.Alirizo Beyronvand, 4.Şoja Xalilzoda, 5.Milod Muhammadiy, 6.Said Izzatullohiy, 9.Mehdi Toremiy, 13.Husayn Ka’noni, 14.Somon Quddus (18.Ali Karimi, 42), 16.Mehdi Turobiy, 20.Sardor Ozmun (15.Rözbeh Çaşmiy, 75), 21.Muhammad Mohebi (7.Mehrdod Muhammadiy, 75), 23.Ramin Rizoiyon.













