21 noyabr kuni Qonunçilik palatasida bölib ötgan majlisda deputatlar 2024 yil uçun Özbekiston davlat budjetida kutubxonaning keçki vaqtda işlaşi uçun talab qilinadigan mablağni aks ettiriş masalasini kötardi.

Qayd etilişiça, hujjat loyihasida yoşlarga kutubxonadan keçki vaqtda foydalaniş uçun qulay şaroit yaratiş maqsadida Özbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi budjetdan taşqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasi xarajatlari uçun qöşimça mablağ ajratiş közda tutildi. 

Amaldagi tartibga köra, kutubxona 8:00 dan 21:00 ga qadar, dam oliş (şanba va yakşanba) kunlari esa 9:00 dan 17:00 ga qadar kitobxonlarni qabul qiladi.

20 oktyabrdan Toşkent şahridagi Milliy kutubxona tun-u kun işlaş rejimini töxtatgandi. 

Ma’muriyatning ma’lum qilişiça, bunday qaror kuz-qiş mavsumida elektrni tejaş, tunda işlaş uçun qöşimça ştatlar ajratilmagani, şuningdek, foydalanuvçilarni nazorat qiliş imkoni çeklangani uçun qabul qilingan.

Muassasa takliflarga köra 2022 yilning 1 noyabridan tun-u kun işlay boşlagandi.