Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qömitasi Toşkent şahridagi ayrim yaşil hududlar örnida avtoturargoh qurilişi, jamoat parki rejalaştirilgan hududlar auksion savdolariga çiqarilgani bilan boğliq xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Qömita şahar markazidagi mavjud yaşil hududlar qisqarişi, aholi sayr qilişi va dam olişi uçun qulay jamoat joylari örnida konstruktiv qurilişlar bölişi mutlaqo maqsadga muvofiq emasligini qayd etgan.
«Avtoturargohlar taşkil etişda kökalamzor maydonlar qisqarişiga hamda piyodalar uçun yaratilgan şaroitlar yomonlaşişiga yöl qöyilmasligi kerak», – deyiladi bayonotda.
Şuningdek, «Navröz» boğiga tegişli köçmas mulk obyektlaridan birining yer maydonida hukumat qaroriga muvofiq jamoat parki barpo etilişini taʼminlaş zarurligi taʼkidlangan.
Milliy qömita Toşkent şahridagi mavjud yaşil hududlar qisqarişining oldini oliş, jamoat parki uçun belgilangan hududni saqlab qoliş, undan faqat belgilangan maqsadlarda foydalaniş va aholi manfaatlarini taʼminlaş şart, deb hisoblaşini bildirgan.
Milliy kutubxona ortida avtoturargoh quriş rejasi

Toşkent şahar hokimligi Alişer Navoiy nomidagi milliy kutubxonaning orqa hududida joylaşgan 1,3 gektarlik yer uçastkasid davlat-xususiy şeriklik asosida avtoturargoh qurişni rejalaştirmoqda. Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqovning tegişli qarori qabul qilingan.
Yer uçastkasi 514 mln söm bilan elektron auksionga çiqariladi. Yer uçastkasini 10 yil muddatga oladigan xususiy şerik 10 mlrd sömlik investitsiya kiritişi kerak böladi.
Şartlarga köra, avtoturargohda har bir avtomobildan olinişi lozim bölgan tölovlarning 15 foizi davlat şerigiga, 5 foizi esa «Pullik töxtaş joyi» operatoriga ötkazib beriladi.
«Navröz» boğining köçmas mulklari sotuvga qöyilgan

Hukumat yangi xususiylaştiriş dasturi doirasida Toşkent şahri Yunusobod tumani Matonat mahallasi, Şarof Raşidov köçasidagi ikkita davlat obyektini sotuvga çiqargan. Bu yerlar ikkita lotda elektron savdoga qöyilgan.











