Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Milliy kutubxona ortidagi maydonda avtoturargoh qurilişi rejalaştirilgani haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirib, hozirça ekologik ekspertiza xulosasi mavjud emasligini maʼlum qildi.

Bayonotda hududdagi har qanday quriliş va obodonlaştiriş işlari, jumladan, daraxt va butalar, yaşil maydonlar hamda tuproq qoplamiga taʼsir körsatişi mumkin bölgan işlar tegişli ekologik baholaşdan ötkazilmasdan amalga oşirilişi mumkin emasligi qayd etilgan.

Loyiha doirasida 1 mingdan ortiq daraxt va buta ekiş rejalaştirilgan. Biroq qömitaga köra, yangi köçatlar mavjud köp yillik daraxtlar va şakllangan yaşil hududlarning ekologik, iqlimiy hamda rekreatsion ahamiyatining örnini töliq bosa olmaydi.

Qömita hududdagi mavjud yaşil maydon va daraxtlarni maksimal darajada saqlab qoliş, ularni töliq xatlovdan ötkaziş hamda loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan ötkaziş zarurligini bildirdi.

Avtoturargoh loyihasi haqida

Toşkent şahri hokimligi Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi ortidagi 1,3 gektar maydonni avtoturargoh taşkil etiş uçun auksionga çiqarmoqçi.

Loyiha davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşirilib, hududdan 10 yil foydalaniş huquqi berilişi közda tutilgan. Mavjud daraxtlar saqlanib, 1 mingdan ortiq daraxt va buta ekiş hamda 720 metrlik piyodalar yölagini barpo etiş rejalaştirilgan.

Jamoatçilik bu loyihani keskin norozilik bilan qarşi oldi.

Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qömitasi ham Toşkentdagi ayrim yaşil hududlarda avtoturargoh qurilişi yuzasidan munosabat bildirib, şahar markazidagi yaşil hududlarni kamaytiriş va jamoat joylarida konstruktiv qurilişlarni amalga oşiriş maqsadga muvofiq emasligini qayd etdi.

Şuningdek, avtoturargohlarni taşkil etişda kökalamzor maydonlarning qisqarişi hamda piyodalar uçun yaratilgan şaroitlarning yomonlaşişiga yöl qöyilmasligi kerakligi taʼkidlangan.