Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi rahbari Akmal Burhonov boşçiligidagi işçi guruhi tomonidan Haj tadbirini taşkil etiş va ötkaziş töğrisidagi nizom talablarining ijrosi ta’minlanişi Urganç şahri va Urganç tumani misolida örganildi.

Ma’lum qilinişiça, örganiş davomida:

  • fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan taqdim etilgan röyxat asosida ziyoratçilarning navbati (röyxatdan ötkazilişi);
  • arizalarni belgilangan tartibda hokimlikdan röyxatdan ötkaziş, ularni körib çiqiş natijasini fuqaroga rasmiy ma’lum qiliş amaliyoti bilan tanişilgan.

Şuningdek, Agentlik Haj ziyoratiga boriş uçun navbatda turgan ziyoratçilarning yagona onlayn navbati töğrisidagi ma’lumotlarni oçiq e’lon qilinişi kerak bölgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar röyxatiga kiritişni taklif qilgan.

Vaholanki, agentlik taklif qilayotgan ma’lumotlarni şakllantiriş talabi 2017 yil 13 iyundan kuçga kirgan hukumat qarorida ham mavjud. Xususan, qarorning 7-bandida Din işlari böyiça qömita, Özbekiston musulmonlari idorasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Özbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytida Haj va Umra tadbirlariga boradigan ziyoratçilarning yagona onlayn navbat tizimining şakllantirilişini va mazkur onlayn tizim doimiy ravişda yangilab borilişini ta’minlaşi lozim edi.

Şuningdek, hukumat qarorida, tuman (şahar)lar hokimliklari huzuridagi har yilgi Haj va Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş masalalari böyiça taşkiliy guruhlar fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan taqdim etilgan ziyoratçilarning röyxati asosida ularni Haj va Umra tadbirlariga boradigan ziyoratçilarning yagona onlayn navbat tizimida röyxatdan ötkazib borişi belgilangan.

Lekin Özbekiston musulmonlari idorasining rasmiy saytida ham, Din işlari böyiça qömita saytida ham ziyoratçilarning onlayn navbatiga doir ma’lumotlar yöq.

Bundan taşqari, Haj ziyoratiga boriş tizimini şaffoflaştiriş va elektron navbat tizimiga ötkaziş masalasida muftiy, şayx Nuriddin Xoliqnazar ham fikr bildirgan edi.