Joriy yilda Mobiuz Xorazmda 160 dan ortiq tayanç stansiyalarini efirga uladi. Şu kunlarda yana 52 ta tayanç stansiyasini işga tuşiriş işlari yakunlanmoqda.
Mobiuz mobil operatori hatto eng çekka hududlarni ham törtinçi avlod tarmoqlari asosidagi yuqori sifatli internet va xizmatlar bilan ta’minlaşni maqsad qilgan. Tayanç stansiyalarini keng kölamli qurilişi va modernizatsiya qilinişi, VoLTE va ViLTE xizmatlari joriy etilgani va faol rivojlanayotgani bunga yorqin misoldir.
Operatorning Xorazm viloyatidagi texnik jamoasi yil davomida tarmoqlar qamrovni yanada yaxşilaş va siğimini oşiriş böyiça faol iş olib bormoqda. Kompaniya mutaxassislarining sa’y-harakatlari nafaqat xorazmliklarning, balki mintaqaning köplab mehmonlarining yuqori sifatli aloqa va internetga bölgan ehtiyojini qondirişga qaratilgan.
Xorazm minglab xorijiy va mamlakatimizning boşqa viloyatlaridan kelgan mahalliy sayyohlar uçun asosiy sayyohlik maskanlaridan biridir. Qadimiy yodgorliklarning köpligi tufayli viloyatni hatto "Ming qal’ali afsonaviy ölka" deb ham ataşadi.
Joriy yilning yanvar oyidan boşlab Mobiuz Xorazm viloyatida 160 dan ortiq tayanç stansiyalarini işga tuşirdi. Ulardan 100 ga yaqin tayanç stansiyasi mutlaqo yangi joylarni qamrab oldi.
Hususan, Xiva tumanida 21 ta, Yangibozor tumanida 18 ta, Xonqa tumanida 12 ta, Urganç tumanida 11 ta stansiya muvaffaqiyatli efirga uzatildi. Urganç şahrida, Quşköpir, Şovot, Yangiariq, Boğot, Xazorasp tumanlarida ham kompaniyaning yangi aloqa obektlari paydo böldi.
Şu kunlarda viloyatning Quşköpir, Yangiariq, Urganç va boşqa tumanlar böyiça 52 ta tayanç stansiyalariga radiorele uskunalarini örnatiş işlari olib borilmoqda. Tez orada ham ular işga tuşişi kutilmoqda.
Mobiuz amaldagi tayanç stansiyalarini modernizatsiya qilişga ham katta e’tibor qaratmoqda. Urganç, Xiva, Xonqa, Yangibozor, Yangiariq, Töprakqal’a va boşqa tumanlarda jami 60 dan köproq tayanç stansiyalari modernizatsiya qilindi. LTE 800, LTE 2100, LTE 2600 va boşqa standartlarni kiritiş orqali tarmoq qamrovining kengayişi hamda mobil internet tezligining oşişi ta’minlandi.
Hali bu hammasi emas. Viloyatdagi Mobiuz Xizmat körsatiş markazi texnik bölimi jamoasi joriy yil yakuniga qadar erişilgan muvaffaqiyatlarni sezilarli darajada mustahkamlaşni maqsad qilgan. Buning uçun barça zarur imkoniyatlar mavjud.
Mobiuz mobil operatori boşqa hududlarda amalga oşirayotgan işlari bilan pr.mobi.uz sayti orqali tanişib çiqişingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida











