Özbekistonda 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida 308 521 dona yengil avtomobil işlab çiqarildi. Bu raqam Statistika agentligining tegişli sanoat işlab çiqarişi böyiça hisobotida keltirib ötilgan.

Avtomobillarning rusumi quyidagiça:

  • Cobalt – 89 410 dona(oşiş – 10 foiz);
  • Damas – 69 323 dona(oşiş – 17,2 foiz);
  • Lacetti-Gentra – 65 676 dona(qisqariş – 9,2 foiz);
  • Tracker – 33 970 dona;
  • Onix – 25 432 dona;
  • Chery – 8 580 dona;
  • Maxsus yengil avtomobillar – 18 836 dona.

Taqqoslaş uçun, ötgan yilning mos davrida mamlakatda 253 043 ta yengil avtomobil işlab çiqarilgan. Ya’ni ötgan bir yil içida işlab çiqariş 55 478 taga yoki 22 foizga oşgan.

E’tiborga molik jihati, Statistika agentligi Chery avtomobillarini Özbekistonda işlab çiqarilgan yengil maşinalar qatorida keltirib ötgan.

Ötgan oyda ADM Jizzakh kompaniyasi özining ön minginçi Chery avtomobilini işlab çiqarganini xabar qilgandi.

Statistika agentligi axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Özbekiston hududida yiğib sotilayotgan avtomobillarni ham sanoat statistikasiga qöşiş mumkin.

“Boşqa kompaniyalar tomonidan sotilayotgan avtomobillar soni ham umumiy statistikaga qöşilgan. Zavodlar bizga hisobot topşiradi. Şu paytgaça ular avtomobillarning faqatgina miqdori haqida ma’lumot bergan, modellari haqida alohida hisobot bölmagan. Hozir boşqa zavodlarga ham xat kiritganmiz. Masalan, keyingi oydan Kia avtomobiliga oid ma’lumotlarni ham taqdim qila boşlaşimiz kutilyapti”, deyiladi izohda.

Ma’lumot uçun, 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida Özbekistonga 3,52 mlrd dollar qiymatidagi avtomobillar import qilingan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 66,1 foizga köp. Öz navbatida, mazkur davrda avtomobil eksporti ham 44 foizga ösib, 408 mln dollarga yetgan.