Parij avtosalonida Citroën kompaniyasi afsonaviy 2CV uslubida işlangan şahar elektr avtomobili konseptini taqdim etdi. Yangi model asl nusxadan ham ixçamroq bölib çiqdi. Elektromobil uzunligi 3,7 metrni taşkil etadi, holbuki uning tarixiy ötmişdoşi 3,8 metr bölgan. Avtomobilning vazni esa taxminan 1 ming kg.

Konseptning taşqi körinişida klassik 2CV modeliga xos jihatlar saqlangan: alohida örnatilgan yumaloq faralar, börtib turuvçi oyna tozalagiçlar va yiğiladigan matoli tom. Şu bilan birga, avtomobilga yoruğlik-diodli (LED) optika, 19 dyuymli pölat disklar va qora rangli orqa eşik örnatilgan. Kuzov panellari maksimal darajada sodda işlangan, bamperlar esa taʼmirlaş xarajatlarini arzonlaştiriş maqsadida bölakli qilib yaratilgan.

Salonga komiks uslubidagi grafikaga ega sakkiz dyuymli sensorli ekran örnatilgan. Şu bilan birga, funksiyalarning bir qismi jismoniy tugmalar orqali boşqariladi. Yana bir öziga xos jihati - portativ dinamik sifatida ham işlatiş mumkin bölgan yeçiladigan Radioën radiosi.

Dvigatelning texnik xususiyatlari va yuriş zaxirasi hozirça eʼlon qilinmadi. Citroën elektromobil işlab çiqarişni Yevropada yölga qöyişni rejalaştirmoqda. Seriyali versiyaning taqdimoti 2028-yilga - original Citroën 2CV modelining 80 yilligiga möljallangan. Yangi modelning taxminiy narxi 15 ming yevroni (2026-yil oktabr holatiga köra taxminan 200 mln söm) taşkil etadi.