Keça Chery foydalanuvçilarining 2026-yilgi xalqaro sammiti (Chery International User Summit 2026) doirasidagi asosiy tadbirlardan biri böldi. Chery turli mamlakatlardan kelgan avtomobil egalarini bir maydonda birlaştirdi, yangi modellarni taqdim etdi va brend avtomobillari kundalik hayotining bir qismiga aylangan oilalar hikoyalari bilan örtoqlaşdi.

Özbekiston vakillari uçun tadbirda iştirok etiş xalqaro auditoriyani mamlakatimizdagi Chery hamjamiyati va brend avtomobillari egalarining tajribasi bilan taniştiriş imkoniyati böldi.


Konsta Chery Brand Night sahnasida Özbekistonni namoyon etdi

Keçaning yorqin lahzalaridan biri Chery International tomonidan Chery Uzbekistan ambassadori sifatida Brand Night tadbiriga taklif etilgan özbekistonlik ijroçi Konsta’ning çiqişi böldi.

Xalqaro tomoşabinlar oldida sanʼatkor özining ikki kompozitsiyasi - «Insonlar» va «Sengacha» qöşiqlarini ijro etib, keça dasturiga öziga xos özbekona ruh bağişladi.

Konsta, şuningdek, Tiggo 8 PHEV avtomobili egasi hamdir. Uning tadbirdagi iştiroki Özbekistondagi mijozlarning şahar içidagi qatnovlarda elektr tortiş kuçidan foydalaniş va uzoq masofali safarlarda benzin dvigatelining qulayligini saqlab qoliş imkonini beruvçi gibrid avtomobillarga qiziqişi ortib borayotganini aks ettiradi.

Özbekistonlik Chery avtomobili egasi Brand Trust Star Award mukofotiga sazovor böldi

Chery Brand Night doirasida kompaniya turli mamlakatlardagi brend avtomobillarining eng sodiq egalarini ham taqdirladi.

Taqdirlanganlar orasida Chery’ning sodiq mijozlaridan biri, Özbekiston vakili Sardor Abdullayev ham bor. U kompaniya tomonidan avtomobil egalarining brendga bölgan işonçi va sodiqligini eʼtirof etiş uçun beriladigan «Brand Trust Star Award» mukofotiga sazovor böldi.

Avtomobil egalarining bunday hikoyalari «Oila uçun» falsafasining muhim qismidir. Chery uçun avtomobil texnologiyalari, avvalo, oilaning haqiqiy ehtiyojlariga javob berişi, kundalik safarlarni yanada qulay, şinam va amaliy qilişi lozim.

Kundalik va uzoq safarlar uçun yangi modellar

Keça davomida Tiggo 7 va Tiggo X7 modellarining jahon premyeralari ham bölib ötdi.