Renault kompaniyasi 1960-yillardagi Renault 8 Gordini sport sedanidan ilhomlangan konseptual kupeni namoyiş etdi. Alaqaçon işlab çiqarilayotgan R4 va R5 retro modellaridan farqli ölaroq, bu konsept ommaviy işlab çiqarilmaydi, ammo uning dizaynidagi ayrim elementlar kelajakdagi modellarga asos bölişi mumkin.

1
Foto: Renault Design

Asl Renault 8 Gordini 1964-yilda toğ yöllari uçun möljallangan, orqa dvigatelli va orqa ğildiraklari yetakçi bölgan oilaviy sedanning kuçaytirilgan versiyasi sifatida debyut qilgan. Model deyarli ikki baravar köp quvvat, pasaytirilgan klirens, kuçaytirilgan tormozlar, törtta yoki oltita dumaloq fara, şuningdek, oq poyga çiziqlari tortilgan öziga xos kök rangga ega bölgandi.

2
Foto: Renault Design

Yangi R8 Gordini Concept - past va keng siluetli ikki örinli elektr kupe. Old tomonda radiator panjarasi bölmagan, oltita dumaloq LED farali V-simon kapot ajralib turadi. Orqa çiroqlar kuzov bilan bir tekisda joylaşgan bölib, ular yonmaganida deyarli sezilmaydi. Taşqi elementlar qatoriga havo tortgiçli sport bamperi, kengaytirilgan ğildirak arkalari, orqa ustunlardagi qotirmalar, tomdagi spoyler, orqa tomondagi ventilyatsiya panjarasi va katta diffuzor ham kiradi. Kuzov karbon bilan bezatilgan va anʼanaviy kök-oq rangga böyalgan.

4
Foto: Renault Design

Renault juda kam texnik tafsilotlarni maʼlum qildi. Konsept 266 ot kuçiga ega bitta elektromotor bilan jihozlangani va u tortiş kuçini orqa öqqa uzatişi maʼlum.

Kompaniya maʼlumotlariga köra, dizaynerlar 300 dan ortiq eskiz tayyorlagan. Asosiy maqsad «ham merosga, ham zamonaviylikka tayangan holda hissiyotlarni uyğotiş» bölgan.

Şu bilan birga, konsept ommaviy işlab çiqarilmaydi. Ommaviy premyera Renault Carwalk tadbirida bölib ötadi, şundan söng kupe Parij avtosalonida namoyiş etiladi. Keyinçalik konsept Renault Collections muzeyiga topşiriladi.