Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan departament hamda içki işlar hududiy boşqarmalari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Törtköl tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan şaxs fuqaroga 30 yil muddatga dehqonçilik qiliş maqsadida ajratilgan Törtköl tumanidagi 1,8 gektar yer maydonini uning nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 350 mln söm olgan vaqtida uşlandi.
Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Oqdaryo tumanida yaşovçi şaxs tumandagi özi faoliyat yuritib kelayotgan fermer xöjaliklaridan biriga tegişli 20 sotix yer maydonini 40 ming AQŞ dollari evaziga sotişga kelişib, mazkur pul mablağini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan departamentning hududiy bölimi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda uşlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va tuman içki işlar idoralari bilan hamkorlikda faol tadbir ötkazildi.
Farğona tumanida yaşovçi fuqaro mazkur tumanda joylaşgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonidan 1 gektarini xaridorga 28 ming AQŞ dollariga sotişni hamda uşbu yer maydonini mansabdor tanişlari orqali rasmiylaştirib berişni va’da qilgan. Natijada, u mazkur yer maydoni uçun pul mablağini olgan vaqtida uşlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












