Oktyabr oyidan boşlab ayrim treyderlar yana Çexiyaga rus gazini import qilişni boşladi, dedi Çexiya sanoat va savdo vaziri Yuzef Sikela X ijtimoiy tarmoğida.

Uning sözlariga köra, 2023 yilda mamlakat Rossiya Federatsiyasidan 79,6 million kub metr gaz olgan bölsa, boşqa manbalardan 6,451 million kub metr gaz olingan. Şu tariqa, yil davomida yetkazib berişning umumiy hajmida Rossiya gazining uluşi 1,2 foizni taşkil etdi. 

«Bizga Çexiyaga Rossiya gazining importi kerak emas - bu qiş uçun heç qanday muammosiz zaxira yaratdik. Biroq şu haftada ERO (Çexiya regulyatori)ning oylik ma’lumotlaridan bilib oldikki, oktyabr oyidan beri ba’zi treyderlar Rossiyadan gazni import qila boşladi», - dedi Çexiya Sanoat vazirligi rahbari. 

Uning tuşuntirişiça, Rossiya gazining Yevropa Ittifoqiga importi sanksiyalarga duçor bölmaydi, çunki ba’zi davlatlar hali ham unga qaram holatda. «Ammo, menimça, oxirgi iste’molçilar gazni Rossiyada sotib olgan yetkazib beruvçilardan olayotgan bölsa, bu haqda xabardor qilinişi töğri», - dedi vazir.

Sikelaning sözlariga köra, sönggi voqealarni inobatga olgan holda, «milliy darajada çeklovçi çoralarni joriy etiş yoki Yevropa Ittifoqi doirasida harakatlarni muvofiqlaştirişni davom ettiriş haqida öylaş kerak». Şu bilan birga, uning fikriça, Çexiya Rossiya gaziga qaramlikdan qutulgan - 2022 yil oxirigaça mamlakatga gazning qariyb 97 foizi Rossiya Federatsiyasidan kelgan, biroq Praga Ukraina uruşi tufayli undan voz keçişga qaror qilgan.

Şu bilan birga, ekspertlar sönggi oylarda Rossiyaning Çexiyaga yetkazib beriş hajmi sezilarli darajada oşganini qayd etmoqda. Şu tariqa, Trinity Bank boş iqtisodçisi Lukaş Kovanda Bloomberg ma’lumotlariga tayanib, oktyabr oyi boşidan beri Lanjgotdagi yuk taşiş stansiyasida yetkazib beriş hajmi ortganini aytdi. Unga köra, hozir Çexiyaga import qilinadigan gazning 40 foizi Rossiyadan kelyapti.