Daraxt va butalarni qonunga xilof ravişda kesiş bilan boğliq ma’muriy huquqbuzarliklar böyiça javobgarlikni kuçaytirişga qaratilgan qonun qabul qilinib, Senatga yuborildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi xabar berdi.
Xususan, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 79-moddasiga kiritilayotgan özgarişlarga köra, daraxtlarni, butalarni, boşqa ösimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravişda kesiş, kundakov qiliş, şikastlantiriş, yöq qiliş yoki boşqa joyga köçiriş fuqarolarga BHM 25 baravaridan 50 baravarigaça (ayni damda 5 baravaridan 10 baravarigaça), mansabdor şaxslarga esa BHM 50 baravaridan 75 baravarigaça (ayni damda 10 baravaridan 15 baravarigaça) miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Xuddi şunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etiş quroli bölgan aşyo yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita aşyosi musodara qilinib, fuqarolarga BHM 50 baravaridan 75 baravarigaça (ayni damda 10 baravaridan 20 baravarigaça), mansabdor şaxslarga esa BHM 75 baravaridan 100 baravarigaça miqdorda jarima (ayni damda BHM 20 baravaridan 30 baravarigaça jarima) yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoqqa oliş jazosi qöllaniladi.
Qolaversa, 79-moddaga 4-qism ham qöşilmoqda. Unga köra, daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesişga, kundakov qilişga, şikastlantirişga yoki yöq qilişga olib keladigan loyiha hujjatlarini işlab çiqqan mansabdorlar BHM 50 baravaridan 75 baravarigaça miqdorda jarimaga tortiladi.
Bundan taşqari, «Ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida»gi qonunning 49-moddasiga ikkita qism qöşilmoqda.
49(1)-moddaga köra, davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini ğayriqonuniy ravişda kesgan yoki yöq qilgan huquqbuzarlar har bir daraxt va buta örniga öşa joyda qimmatbaholigi jihatidan kam bölmagan 100 tup daraxt va buta köçatini ekişi belgilanmoqda. Bu Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi organlarining qaroriga köra amalga oşiriladi va huquqbuzar daraxtlarni öz hisobidan ekib, 3 yil davomida parvariş qiladi. Agar uşbu joyda daraxt va buta köçatlarini ekiş uçun yer maydoni yetarli bölmasa, daraxt va buta köçatlarining qolgan qismi tegişli ma’muriy-hududiy birlikdagi boşqa joyga ekiladi.
Ğayriqonuniy kesilgan yoki yöq qilingan daraxtlar va butalarning qiymati, ularning örniga ekiladigan köçatlarning turlari, şuningdek, ekiş muddatlari va joyini aniqlaş tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
49(2)-moddasiga köra davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini ğayriqonuniy kesgan, yöq qilgan yuridik şaxslar BHM 100 baravaridan 300 baravarigaça miqdorda jarimaga tortiladi.












