Toşkent şahrida yaşovçi ayol Instagram sahifasida xususiy bolalar boğçasi tarbiyalanuvçisi uning karavotda ötirgan öğlini bir qölidan kötarib, boşqasiga olib ketgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Jabrlangan bolaning onasiga köra, voqea 17 noyabr kuni röy bergan. Öşa kuni tongda u öğlini boğçaga olib borgan, tuşdan keyin esa boğça direktori bola yiğlayotganini aytgan. Bolani bobosi olib ketgan, keçga yaqin esa bola yurganda çap qöli oğriyotganini bilib qolişgan.
«Pediatrdan 16-şahar şifoxonasidagi travmatolog-ortopedga murojaat qiliş uçun yöllanma oldik. Travmatolog Xursand 5 soniyada siniş borligini tuşundi va rentgenga jönatdi. Rentgen buni tasdiqladi», — degan bolaning onasi va şifokor xulosasi fotosuratini ilova qilgan. Bolaning qöli gips qilingan.
Şundan keyin ayol boğçadagi kuzatuv kamerasi tasvirlarini söragan, çunki muassasa ma’muriyati hodisaning asl sababini aytişdan boş tortgan.
30 noyabr kuni ayol bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaga murojaat qilib, özining 2021 yilda tuğilgan öğli L.A.ga u tarbiyalanayotgan maktabgaça ta’lim muassasasi xodimining qöpol harakati oqibatida jiddiy tan jarohati yetkazilganini bildirgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.












