Qozoğistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatdagi köplab siyosiy arboblar uning öz vakolatlarini Qosim-Jömart Töqayevga ötkaziş rejalariga keskin qarşi bölganini aytdi. Uning sözlariga köra, şubhalar Töqayevning zarur tajribasi yöqligi, şuningdek, hokimiyat uçun kuraş bilan boğliq bölgan.
«Töqayev avvallari butun umri davomida diplomatiya sohasida işlagan. Şuningdek, atigi 3 yil davomida Qozoğiston boş vaziri örinbosari va boş vaziri bölgan. Şu sababli, odamlar uning prezident lavozimini «torta olmasligidan», mamlakat hayoti uçun mas’ul böla olmasligidan çöçigan», deb yozdi Nursulton Nazarboyev özining xotiralar kitobida.
Birinçi marta 1991 yilda prezidentlikka saylangan Nazarboyev bu lavozimda 25 yildan ortiq işladi. U 2019 yil 19 martda iste’foga çiqdi. Öşa paytda Senat raisi lavozimini egallab turgan Qosim-Jömart Töqayev prezident vazifasini bajaruvçi böldi. Şu yilning iyun oyida u muddatidan oldin prezidentlik saylovida ğalaba qozondi.
Nursulton Nazarboyevning sözlariga köra, Töqayevning voris sifatida körsatilişiga qarşi bölganlar «prezident kursisini egallaşni orzu qilgan».
«Avvaliga ular mening tanlovimga e’tiroz bildira olmadi. Keyin ular saylovda xalqning xohiş-irodasiga rozi emasligini bildira olmadi», deyiladi kitobda.
Nazarboyevning fikriça, 2022 yil yanvaridagi norozilik namoyişlariga uning hukmron «Nur Otan» (hozir «Amanat») partiyasi rahbarligini Qosim-Jömart Töqayevga topşiriş haqidagi qarori sabab bölgan. Aynan şundan söng muxolifat kuçaygan.
Eslatib ötamiz, 2022 yilgi yanvar voqealaridan keyin Nursulton Nazarboyev «Elboşi» va faxriy senator maqomidan hamda mamlakatning birinçi prezidenti sifatidagi bir qator imtiyozlardan mahrum etilgan edi.












