«Özgidromet» havo keskin sovib ketişi haqidagi prognozlarga izoh berdi. 

Ma’lum qilinişiça, jahon prognoz markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga köra, Ural va Ğarbiy Qozoğiston orqali Rossiyaning şimoliy Yevropa hududlaridan 9–10 dekabr kunlari Özbekistonning şimoliy hududlariga, 11–12 dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelişi kutilmoqda.

10–11 dekabr kunlari respublika böylab yoğingarçilik böladi (yomğir, qorga aylanişi mumkin).

Havo harorati 11–12 dekabrda keçasi –7...–10 darajagaça, kunduzi 0...–3 darajagaça pasayadi, şimolda keçasi –12...–17 daraja, kunduzi –5...–10 daraja bölişi kutilmoqda.

Toşkentda 10–11 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qorga aylanişi mumkin) böladi. 11-12 dekabrda havo harorati keçasi –7...–10 daraja, kunduzi 0...–3 darajagaça pasayadi.

9–12 dekabr kunlari uçun ob-havo ma’lumoti dastlabki hisoblanadi. Agar keskin sovuq yangi ma’lumotlar bilan tasdiqlansa, «Favqulodda gidrometeorologik ma’lumot» maxsus xabari bilan e’lon qilinadi.