Ukrainada uruşning 648-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Ijtimoiy tarmoqda rossiyalik askarlar Ukraina qurolli kuçlarining asir tuşgan ikki harbiysini otib taşlagani aks etgan video tarqaldi. Ukraina prokuraturasi tekşiruv boşlagan.
  • Rossiya qöşini Xerson markazini öqqa tutdi, ikki kişi halok bölgan, yetti kişi yaralangan.
  • «Zalujniy töğrisini gapirdi». Kiyev meri Vitaliy Kliçko uruş «boşi berk köçaga kirib qolgani»ni aytgan boş qömondonni qöllaşini bildirdi.
  • Rossiya Ukraina böylab 12 ta dron bilan zarbalar yölladi. Ukraina QK ulardan töqqiztasi urib tuşirilganini ma’lum qildi.
  • Ulyanovskda politsiya «Vernite muja! Ya Za#balas» yozuvi uçun safarbar qilingan harbiyning uyiga keldi.

Kiyevda Ukrainaning halok bölgan himoyaçilari xotira devori

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Avdiyivka ostonasidagi ukrain artilleriyaçilari 

Ukraina artilleriya bölinmasi Avdiyivka ostonasida öt oçişga tayyorlanmoqda. Donetskdan 15 kilometr masofadagi şahar uruşdagi eng qaynoq nuqtalardan biriga aylangan. Rossiyaning keng kölamli bosqini boşlanganida Avdiyivka mudofaasi dastlabki şturmlarga bardoş bergandi. Rossiya armiyasining 2023 yil yanvarida boşlangan hujumlari ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi, oktyabr oyi örtalarida ruslar yana faollaşdi.
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Xerson öqqa tutilişi oqibatlari

3 dekabr kuni Rossiya qöşini Xerson şahri markazini öqqa tutdi. Bir kişi halok bölib, sakkiz kişi yaralangan.

RF armiyasi Dnipro sohilining okkupatsiya ostidagi qismidan turib şaharning markaziy hududiga zarba yöllagan, deya aniqlik kiritdi Xerson şahri ma’muriyati rahbari Roman Mroçko. Oblast ma’muriyati rahbari Oleksandr Prokudinga köra, rossiyalik harbiylar ikki şifoxonani ham öqqa tutgan — binolar şikastlangan, ammo qurbonlar va jabrlanganlar yöq.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari
Ukraina prezidenti ofisi rahbari

Donetsk öqqa tutilişi oqibatlari

RIA Novosti xabariga köra, 3 dekabr kuni Ukraina qurolli kuçlari anneksiya ostidagi Donetsk şahrini öqqa tutib, Lenin rayonidagi binoni şikastlagan — bu yerda gözallik saloni joylaşgandi. Tinya aholi vakillaridan olti kişi yaralangan, jumladan bir bola ham. 

Valery Melnikov / Reuters / Scanpix / LETA