Hozirda «Toşşahartransxizmat» avtobus saroyi filiallarida 2017 ta harakat tarkibi mavjud. Ularning 672 tasi dizelda (33 foiz), 1020 tasi tabiiy gazda (50 foiz), 324 tasi elektr energiyasida (17 foiz) harakatlanadi, deb xabar bermoqda ÖzA.
2022—2023 yillarda sotib olingan avtobuslarning 58,7 foizi siqilgan tabiiy gazda, 21,4 foizi elektr energiyasida harakatlanadi.
Mazkur çora-tadbirlar sabab harakat tarkibining özidan çiqadigan zararli moddalar miqdori 2022 yilda 5,1 ming tonnani, 2023 yilda esa yana qisqarib, 4,8 ming tonnani taşkil etgan.
2024 yilda harakat tarkibini 200 dona elektrobus bilan yangilaş orqali zararli moddalar miqdorini yillik 4,6 ming tonnagaça kamayişiga erişiş rejalaştirilgan.
2024-2030 yillarda qöşimça 1 200 dona elektrobus xarid qiliş va avtobuslarni tabiiy gaz yonilğisiga ötkaziş közda tutilgan.
Avvalroq Toşkent şahri hokimligi BYD kompaniyasi bilan 2 mingta elektrobus xarid qiliş böyiça bitim imzolagani ma’lum bölgandi.











