Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali Qurolli kuçlari Boş harbiy klinik gospitali etib qayta taşkil etiladi.

Qurolli kuçlar Harbiy tibbiyot akademiyasi va gospital nufuzini xalqaro darajaga kötariş böyiça quyidagilar ustuvor yönalişlar etib belgilanadi:

ta’lim jarayonini va ilmiy-tadqiqot işlarini davolaş-diagnostika jarayoni bilan uzviylikda taşkil etiş, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilğor pedagogik texnologiyalar, öquv dasturlari va innovatsion öquv-uslubiy materiallarni keng joriy etiş, akademiyaning klinik bazalarida nazariy bilim hamda amaliyotning uyğunligini ta’minlaş uçun zarur şaroitlar yaratiş;

akademiyaning ta’lim dasturlarini WFME hamda gospitalni ISO, JCI, ISQuaEEA kabi xalqaro standartlarga moslaştirgan holda bosqiçma-bosqiç akkreditatsiyadan ötkaziş;

ilğor xorijiy tajriba asosida şifokor va örta tibbiyot xodimlarini tayyorlaşning zamonaviy tizimini joriy etiş;

respublika va xorijiy davlatlarning yetakçi tibbiy ta’lim, davolaş va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng va doimiy hamkorligini örnatiş orqali ularning öquv-pedagogik, ilmiy va davolaş-diagnostika salohiyatini rivojlantiriş, professor-öqituvçilar va tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasi va mahoratini uzluksiz oşirib boriş;

akademiya va gospital faoliyatiga ilğor xorijiy menejment va marketing, tibbiy reabilitatsiya tizimlarini joriy qiliş, ularning moddiy-texnik bazasini doimiy ravişda rivojlantirib boriş;

akademiya va uning tuzilmasidagi Harbiy tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti imkoniyatlarini taktik, operativ va strategik böğinda qöşinlar tibbiy ta’minotining dolzarb muammolarini muntazam örganib borişga yönaltiriş, ularni bartaraf etiş maqsadida Qurolli kuçlar tarkibiga kiruvçi vazirlik va idoralar hamda Soğliqni saqlaş vazirligi bilan uzviy hamkorlikni yölga qöyiş;

harbiy xizmatçilar soğliğining holatiga köra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilişiga olib kelayotgan sabab va omillarni barvaqt aniqlaş çoralarini köriş, maqsadli skrining hamda töğri ovqatlaniş asoslari, kasalliklar profilaktikasi, kun tartibini töğri taşkillaştiriş va zararli odatlardan voz keçiş böyiça tarğibot tadbirlarini yölga qöyiş va amalga oşiriş;

dori vositalari va tibbiyot buyumlarini hamda yuqori texnologiya va dalillarga asoslangan davolaş-diagnostika standartlarini kiritiş.