Toşkent şahrida Özbekiston va Hindiston mudofaa sanoati kompaniyalari vakillari iştirokida seminar va körgazma taşkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş maqsadlariga qaratilgan tadbirlar Özbekiston Mudofaa sanoati agentligi, mamlakatning Dehlidagi elçixonasi, Hindiston Mudofaa sanoati departamenti va uşbu davlatning Toşkentdagi elçixonasi tomonidan taşkil etildi.

Mamlakat manfaatdor taşkilotlari Hindistonning Zen Technologies Ltd., MKU Ltd., Rotary Connectors (P) Ltd., TATA Advanced Systems Ltd., Tejas Networks Ltd., Bharat Dynamics Ltd., Redon Systems Pvt. Ltd., Pune Polytronics, Apollo Micro Systems Ltd., L&T Defence, Bharat Forge Ltd., Karman Drones Private Ltd. kompaniyalari vakillari bilan özaro aloqalarni mustahkamlaşning istiqbolli yönalişlari hamda yangi qöşma loyihalarni muhokama qildi.

Hindiston delegatsiyasi a’zolari safar doirasida, şuningdek, mamlakatning qator vazirlik va idoralarida uçraşuvlar va muzokaralar ötkazdi, qadimiy özbek şaharlarining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi.