Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dekabr oyi ikkinchi yarmiga dastlabki ob-havo prognozi e’lon qilindi
2023 yil 18-31 dekabr kunlariga O‘zbekiston bo‘yicha dastlabki ob-havo prognozi berildi.
Foto: Kun.uz
19 dekabrda respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida, 20 dekabrda markaziy viloyatlarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, dekabr oyining oxirgi besh kunlik ayrim kunlarida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda (1–2 kun) yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, havo harorati 18 dekabrda kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 19–20 dekabrda kechasi –3...+2 daraja bo‘ladi, kunduzi 0...+5 darajagacha ko‘tariladi.
21–31 dekabrda harorat kechalari 0...+5 darajadan –3...–8 darajagacha, kunduz kunlari 0...+5 darajadan +7...+12 darajagacha, shimolda kechalari 0...–5 darajadan –10...–15 darajagacha, kunduz kunlari 0...+5 darajadan –2...–7 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
11:39 / 21.01.2026
O‘zbekistonda qor, kuchli shamol va sovuq ob-havo kutilmoqda
10:12 / 21.01.2026
Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin
11:52 / 20.01.2026
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
12:18 / 19.01.2026