AQŞ Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlari (CDC) dunyoda qizamiq tarqalişi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. 

Unga köra, qizamiq eng köp aniqlangan mamlakatlar Yaman, Hindiston va Qozoğiston ekani ma’lum böldi. 

Qayd qilinişiça, Yamanda 23 mingdan ortiq, Hindistonda qariyb 15 ming, Qozoğistonda 13 mingga yaqin qizamiq kasalligi qayd etilgan. Keyingi örinlarni Efiopiya (11 mingdan ortiq), Pokiston (8 mingdan ortiq), Kongo Demokratik Respublikasi (6 mingga yaqin) va Rossiya egallagan (4 mingdan ortiq). 

Şu bilan birga, CDC noyabr oyi boşida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni keltirdi. 6 dekabr kuni Qozoğiston Soğliqni saqlaş vazirligi mamlakatda qizamiq bilan kasallanganlar soni 20 mingdan oşganini ma’lum qilgan edi. 

CDC qizamiq epidemiyasi kutilganidan kattaroq ekanini ta’kidlamoqda. Ular bunga koronavirus pandemiyasi ta’sir qilgan deb hisoblaşadi: 2020 yildan 2022 yilgaça qizamiqqa qarşi vaksinaning 61 million dozasi qöllanmagan yoki keçiktirilgan. 

Qizamiqni davolab bölmaydi, infeksiyani oldini olişning yagona yöli emlaşdir.