Özbekistonda har yili qişki ta’til arafasida talabalar uçun mahalliy yönalişlardagi poyezdlarga çegirma beriladi. Bu yilgi 50 foizlik çegirma 25 dekabrdan 2024 yilning 7 yanvargaça amal qiladi. Imtiyoz SV /VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvçi “Afrosiyob” elektropoyezdi uçun amal qilmaydi.
Bu e’londan keyin, ijtimoiy tarmoqlarda çiptalar deyarli sotib bölinganidan keyin talabalar uçun çegirma berilişi yana tanqidlarga sabab böldi. Bunga javoban “Özbekiston temiryöllari” AJ bir neçta yönalişlarda qöşimça poyezdlar qöyiş rejalaştirilganini ma’lum qildi. Bular: “Toşkent – Urganç”, “Toşkent – Nukus”, “Toşkent – Samarqand”, “Toşkent – Qarşi”.
Bu mavzu kuni keça jamoatçilik faollarining YouTube'dagi “Lolazor” podkastida ham muhokama qilindi. Unda iqtisodçi Otabek Bakirov va huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev har yili beriladigan bu çegirma doimiy ravişda amal qilişini belgilab qöyişni taklif qildi.
“Imtiyoz talabalarga ham, öquvçilarga ham kerak. Butun dunyoning tajribasi şunday. Ammo bu manzilli böladi, talabaning örnidan kimdir foydalanib ketib qolmaydi.
Imtiyoz talabaning jinsi va ijtimoiy kelib çiqişidan qat’i nazar, hammasiga taalluqli böladi. Ikkinçidan, men transport kompaniyalaridan mazkur qoidalarni hamişa saqlab qöyişlarini sörardim. Ya’ni iyul oyidayam, avgust oyidayam talabalar biletlarni 50 foizlik çegirma bilan olişi lozim”, dedi Bakirov.
Xuşnudbek Xudoyberdiyev talabalarga temiryöl va aviaçiptalarga çegirmalarning juda keç, ya’ni amalda birorta çipta qolmagandan keyin e’lon qilinişini tanqid ostiga oldi.
“Bugun 8 dekabr (podkast yozilgan kun – tahr.), hali poyezdga çegirmalar e’lon qilinmadi. Aytaylik, bu 10 dekabrda e’lon qilindi. Ammo mazkur sanaga kelib 24 dekabrdan 27 dekabrgaça bölgan hamma biletlar sotib bölingan böladi. Şu jihatdan talaba nima uçun 10 dekabrni kutişi kerak? Sentyabrda yoki oktyabrda ham 50 foiz çegirma bilan 26 dekabrga moslab bilet olib qöysa ham böladi-ku” dedi u.
Otabek Bakirovning fikriça, talabalar ularga taqdim qilinayotgan imtiyozlarni pul körinişida olişi kerak.
“Poyezd va samolyotga alternativa – avtomobil transporti. Ammo avtomobil transporti haddan taşqari narx özgaruvçanligiga moyil. Bayramlar arafasida eng köp e’tirozlar taksiçilarga böladi. Çunki narxlar talab ösişidan ham tezroq qimmatlaşadi. Şu sababdan ham bu yönalişda davlat imtiyozlarni nomiga beradigan emas, balki haqiqiy, işlaydigan tizim yaratilişi kerak.
Boşqa yana bir yöli bor. Bu – imtiyozlar monetizatsiyasi. Öşa “Özbekiston havo yöllari”ning, öşa “Özbekiston temiryöllari”ning 50 ming talabaga beradigan imtiyozlarining puldagi qiymati bor. Şu şartli qançadir 10 yoki 100 mlrd sömni talabalar pul körinişida olişi kerak. Imtiyozlar butunlay bekor qilingan taqdirda, har yili davlat bayramlar paytida imtiyozlarning puldagi qiymatini talabalar stipendiyasiga qöşib berişi kerak.
Bu narsani pensionerlarga ham tatbiq qilsa böladi. Masalan, pensionerlarga metrodan foydalaniş tekin, lekin ularning 10 foizi ham bundan foydalanmaydi, mobil emas. Ammo metropolitenga har yili budjetdan “pensionerlar yurdi” deb, subsidiya beriladi. Şuni pul körinişida pensionerlarning öziga beriş kerak”, – dedi iqtisodçi.
Eslatib ötamiz, bu yil OTMlarda qişki ta’til 25 dekabrdan 7 yanvarigaça davom etadi. Darslar 8 yanvar, duşanbadan boşlanadi.












