Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiptalar deyarli sotib bo‘lingandan so‘ng talabalarga poyezd uchun 50 foizli chegirma e’lon qilindi
Onlayn chipta olish mumkin bo‘lgan platformaga ko‘ra, hozirda qishki ta’til kunlaridagi poyezdlar uchun chiptalar qolmagan.
O‘zbekistonda talabalar qishki ta’til vaqtida mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar qatnovida chiptalardan chegirmali narxda foydalanishi mumkin, deb xabar berdi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”.
Xabarda chiptalar narxiga 50 foizli chegirmalar 2023 yilning 25 dekabridan 2024 yilning 7 yanvariga qadar amal qilishi qayd etilgan.
Chegirmalar faqat mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlari uchun belgilangan. Ya’ni bu imtiyoz SV /VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi uchun amal qilmaydi.
Chiptalarni pasport bilan temiryo‘l kassalariga tashrif buyurish yoki elektron tarzda “eticket.railway.uz” saytidan xarid qilish mumkinligi aytilgan.
Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, talabalar uchun chegirmalar chiptalar deyarli sotilib bo‘lgandan keyingina e’lon qilingan.

U “har yili yo‘q chiptaga kechikib chegirma e’lon qilinishi, undan ko‘ra talabalar uchun yilning istalgan davrida qishki ta’til uchun chegirma asosida chipta olish huquqi bo‘lishi kerakligi, ular dekabr kelishini kutib o‘tirishi noto‘g‘riligi” ekanligini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
21:24 / 10.04.2026
AQSh elchixonasi JCh-2026 chiptasi egalari uchun viza suhbatiga yozilish tartibini e’lon qildi
14:11 / 19.01.2026
Silk Avia 1 fevraldan mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar narxini oshiradi
17:43 / 19.12.2025
Centrum Air bir o‘ringa 2 ta chipta sotishi natijasida ikki fuqaro Istanbul aeroportida qolib ketdi
18:50 / 12.12.2025