Toşkent şahrida test rejimida daraxtlarni pasportlaştiriş jarayoni ötkaziladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, jarayon 3 bosqiçda amalga oşiriladi. Birinçi bosqiçda aerokosmik tasvirlar va dasturiy vositalardan foydalangan holda mavjud daraxtlar töliq xatlovdan ötkaziladi (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraxtlar bundan mustasno). Keyin vazirlikning Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qiliş texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan işlab çiqilgan tizim yordamida har bir daraxtning koordinatasi aniqlanadi. Ikkinçi bosqiçda xatlov natijasiga köra aniqlangan daraxtlarning yoşi, turi, böyi, holati va joylaşuv koordinatasini aks ettiruvçi ma’lumotlar bazasi şakllantiriladi. Uçinçi bosqiçda esa ma’lumotlar bazasi asosida «Yaşil makon» elektron platformasida har bir daraxtga pasport şakllantiriladi va ID raqam beriladi.
Daraxtlarni pasportlaştiriş jarayoni ularning geoaxborot bazasini yaratiş, töliq hisobini yuritiş, daraxtlarni mas’ul idoralarga topşiriş, daraxtlarni saqlaş va parvariş qilişni ta’minlaş, soni va joylaşişiga qarab yangi daraxtlarni ekiş, şuningdek, eskilarini holati va turiga qarab almaştirişni rejalaştirişda qaror qabul qiliş, şahar obodonlaştiriş işlarini rejalaştiriş va yer ajratişda daraxtlar haqida aholini batafsil xabardor qiliş imkonini berişi ta’kidlanmoqda.
Şu bilan birga, pasportlaştiriş daraxtlarni noqonuniy kesiş ustidan nazoratni kuçaytiriş, ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorini daraxtning turi va diametridan kelib çiqib hisoblaşga zamin yaratadi.












