Janubiy Koreyaning Kyongi provinsiyasidagi Hanshin universiteti özbekistonlik 22 talabani majburan uyiga jönatgani aniqlanganidan söng, mojaro markaziga tuşib qoldi. Bu haqda Hankyoreh xabar berdi.

Universitet talabalar Özbekistonga qaytiş uçun samolyotga öz ixtiyori bilan ötirganini ta’kidlamoqda, biroq özbekistonliklar naşrga aldov yöli bilan mamlakatdan çiqarib yuborilganini aytişgan. Mahalliy politsiya universitetga nisbatan tekşiruv boşlagan. 

Özbekistonning Seuldagi elçixonasi hodisa yuzasidan Janubiy Koreya huquq-tartibot idoralari bilan muzokara olib bormoqda.

Hankyoreh naşrining ta’kidlaşiça, Hanshin universiteti qoşidagi Koreys tili institutida ta’lim olayotgan Özbekistonning 23 nafar fuqarosi 27 noyabr kuni ertalab avtobusga ötqazilib, Inçxon xalqaro aeroportiga yetkazilgan. 

Dastlab talabalarga xorijlik fuqarolarning registratsiya kartasini oliş uçun immigratsiya idorasiga borilişi aytilgan. Biroq, avtobus Hvasonda xususiy qöriqlaş idorasi xodimlarini mindirib, töğri xalqaro aeroportga jönagan. U yerda institut xodimlari va qöriqçilar talabalarni Özbekistonga oldindan buyurtma qilingan reysga ötqazişgan. Soğliği tufayli yordam söragan bir nafar talaba reysdan tuşib qolgan. Qolganlari Özbekistonga uçib ketgan. 

Talabalar sözlariga köra, ularga Özbekistonga deportatsiya qilinayotgani haqida aeroportga ketayotganda aytişgan. Institut xodimlari ba’zi özbekistonliklarning hujjatlarida muammolar borligi, agar ular hozir immigratsiya idorasiga borsa, qamoqqa olinişini tuşuntirişgan. «Agar keyinçalik Koreyaga qaytmoqçi bölsangiz, hoziroq uçib ketişingiz kerak», deyişgan. Şundan keyin, institut xodimlari qöriqçilar yordamida talabalarning telefonlarini olib qöyişgani ta’kidlanmoqda. 

Şu kuniyoq Hanshin universiteti özbekistonlik talabalarni «immigratsiya hujjatlarini taqdim etmaslik, yotoqxonadan ruxsatsiz çiqib ketiş, ta’lim olişga yomon munosabatda böliş va universitet qadriyatlariga töğri kelmaydigan xatti-harakatlari uçun» öqişdan çetlatiş haqida buyruq çiqargan. 

Hanshin universitetining Hankyoreh naşriga xabar berişiça, noyabr oyida immigratsiya xizmati talabalarning bank hisobraqami köçirmasini söragan va köpçilik talabalar mamlakatda qoliş şartlariga rioya qilmagani aniqlangan. 

«Agar bu haqda talabalarga aytsak, ular qoçib, noqonuniy migrant bölib qolişidan qörqdik. Ta’lim muassasasi kelajakda çet ellik talabalarni jalb qilişda noqulay ahvolga tuşib qoladi», deb tuşuntirgan universitet. 

Ammo ta’lim muassasalari çet ellik talabalarni deportatsiya qiliş huquqiga ega emas. Bu haqda migrantlarga huquqiy maslahat beruvçi Friend markazi rahbari Ço Yon Kvan ma’lum qildi. 

«Institut, ehtimol, agar talabalar mamlakatda noqonuniy bölgani aniqlansa, jarimaga tortilişidan xavotirga tuşgan. Biroq, ta’lim muassasalari çet ellik talabalarni deportatsiya qiliş huquqiga ega emas. Immigratsiya idorasining vazifasi esa talabalarga viza muddati tugagandan söng, öz ixtiyori bilan uyiga qaytişi uçun mamlakatni tark etişni maslahat beriş yoki xabardor qilişdir», dedi Ço Yon Kvan. 

Janubiy Koreya qonunçiligiga köra, til böyiça öqişga kirgan çet el fuqarolarining bank hisobraqamida kamida 10 million von (7600 dollar) bölişi kerak. Bu mablağlar uç oy yoki undan köproq vaqt davomida saqlanişi şart. 

Naşrning ta’kidlaşiça, Hanshin universiteti öqişga qabul qiliş vaqtida çet ellik talabalarga kerakli balansni faqat bir kun saqlaş lozimligini ma’lum qilgan. Şunga köra, köplab talabalar Janubiy Koreyaga borganidan söng bankdagi mablağlarning bir qismini sarflab yuborgan. Şundan söng, universitet rahbariyati talabalarni noqonuniy migrant sifatida tasniflanişidan qörqib, ularni deportatsiya qilişga şoşilgan. Hanshin universiteti rahbariyati pulni saqlaş muddati haqida notöğri ma’lumotni Janubiy Koreya Adliya vazirligi berganini da’vo qilmoqda. 

Özbekistonlik talabalarga köra, ularga hatto yotoqxonadan narsalarini olişga ham ruxsat berilmagan holda Özbekistonga qaytarib yuborilgan. Keyinçalik Hanshin universiteti, agar ular Janubiy Koreyani öz ixtiyori bilan tark etganini yozma ravişda tasdiqlasa, qolgan muddat uçun şartnoma pulini qaytarib berişini ma’lum qilgan. 

Mahalliy politsiya universitetga nisbatan tekşiruv boşlagani ta’kidlanmoqda. 

Özbekistonning Seuldagi elçixonasi Hanshin universiteti rahbariyati bilan vaziyatni muhokama qilib, talabalar Janubiy Koreyada qoliş va universitetda öqiş qoidalarini buzganini ma’lum qildi. Xususan, ular «universitetning içki talablariga rioya qilmay, noqonuniy işlab, dars qoldirgan». Noyabr oyi örtalarida 8 nafar talaba noqonuniy işdan qaytayotganda avtohalokatga uçragan. Bu voqea Koreya matbuoti va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bölgan. Jabrlangan talabalarda tibbiy suğurta yöqligi tufayli, ularni körikdan ötkaziş va davolaş uçun barça xarajatlar universitet tomonidan qoplangan. 

«Janubiy Koreyada yaşaş huquqini beruvçi hujjat (ID karta) olişga ulgurmasdan, bu kabi noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oşirgani uçun Pyongtek şahar Immigratsiya xizmati taqdimnomasiga köra, universitet rahbariyati talabalarni universitetdan çetlatiş böyiça qaror qabul qilgan. Natijada, 27 noyabr kuni 22 nafar özbekistonlik talaba Janubiy Koreya hududidan çiqarib yuborilgan. Özbekistonlik talabalar tomonidan amalga oşirilgan bunday hatti-harakatlar Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi tomonidan Özbekiston fuqarolariga viza beriş tartibini murakkablaştirib, özbekistonlik talabalarning Koreya oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş jarayonini qiyinlaştirişi mumkin», deyiladi elçixona xabarida.