
Haroratning keskin pasayişi va uzoq davom etadigan ğayritabiiy sovuqlar inson salomatligiga yomon ta’sir qiladi hamda gipoksiyaga olib kelişi mumkin.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, qon aylaniş tizimi, majoziy qilib aytganda, köp sonli nayçalar va kanalçalardan iborat bölib, ular yurak va miyaga kislorod yetkazib beriş vazifasini bajaradi. Keksalikda bu nayçalarning elastikligi biroz özgaradi va qonning yopişqoqligi ham şunga monand özgarişlarga yuz tutadi. Bu e’tiborga oliş kerak bölgan muhim aspektlardan biri bölib, aynan ana şu buzilişlarning insultga olib keliş xavfi bor.
Havo haroratining pasayişi natijasida organizmning kislorod bilan ta’minlanişida uzilişlar kuzatilib turadi. Bu asosan gipoksiya (kislorod tanqisligi)ning yengil variantlari bilan namoyon bölişi, ya’ni qon tomirlarining qisqarişi tufayli kislorod yetişmay qolişi kuzatilişi mumkin.

Keksalar va surunkali kasallikka çalinganlar uçun havo haroratining pasayişi xatarli
Şifokorlar sovuq mavsumda ayrim guruhdagi insonlar uçun salomatlikning yomonlaşişi mumkinligini tasdiqlaydilar. Bu, ayniqsa, 65 yoşdan oşgan va allaqaçon biron bir surunkali kasallikka çalinganlar uçun ayniqsa xavflidir. Mutaxassislar qiş oylarida eng zaif bölgan va har doim ham kerakli xizmatlarni ololmaydigan keksa avlod vakillariga e’tiborni kuçaytirişni qat’iy tavsiya qilişadi.

Biroq sovuq mavsumda yoşlar ham ehtiyot bölişlari kerak. Inson organizmi qaysi yoşda bölişidan qat’iy nazar havo haroratining keskin sovişi natijasida quyidagi salomatlik muammolari bilan yuzlaşişi mumkin.
· Tromb hosil bölişi. Afsuski, qişda siz qon tomirlarida tiqin hosil bölişi yoki hatto yurak xuruji kabi jiddiy salomatlik muammolariga duç kelişingiz mumkin. Haroratning keskin özgarişi tanada termal stressni keltirib çiqaradi va tananing doimiy haroratni saqlab turiş uçun köproq işlaşini talab etadi. Tadqiqotlar şuni körsatdiki, bularning barçasi qişda tromb paydo böliş ehtimolini oşiradi. Şuningdek, sovuq mavsumda tez-tez uçraydigan nafas yöllarining infeksiyalari ham bemorlarda tromb hosil bölişini rağbatlantirişi mumkin. Olimlar buni sovuq havo şaroitida qon tomirlarining torayişi va natijada tromb xavfi oşişi bilan izohlaşmoqda.
· Yurak xurujlari. Tadqiqotlarga köra, sovuq havo yurak xuruji xavfini oşiradi. Şvetsiyadagi Lund universiteti tadqiqotçilari yurak xurujlari soni iliq ob-havoga nisbatan sovuq havoda sezilarli darajada yuqori ekanligini aniqladilar. Havo harorati örtaçadan past bölganida yurak xurujlari tört barobarga ortadi. Çunki tana sovuqni his qilganida yuzada joylaşgan qon tomirlari torayadi. Bu tomirlar orqali qon oqimini oşiradi va teridagi issiqlik darajasini pasaytiradi. Tana titray boşlaydi va yurak uriş tezligi barça a’zolarni isitiş uçun kuçayadi - tananing bu "javoblari" yurakka qöşimça bosim yuklaşi va ba’zida xurujlarga olib kelişi mumkin.

· Peşob uşlay olmaslik. Sovuq ob-havo tos böşliğiga zarar yetkazişi va keyinçalik peşob uşlay olmaslik muammolariga olib kelişi mumkin. Elvie ayollar texnologiya brendi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar şuni körsatdiki, britaniyalik ayollarning 45 foizi sovuq oylarda tez-tez hojatxonaga boriş istagini his qilişadi. Kişi sovqotganda qon tomirlar torayib, hayotiy a’zolarga köproq qon va issiqlik yetkazib beradi. Bu qon bosimining vaqtinça kötarilişini anglatadi va bosimni nazorat qiliş uçun buyraklar ortiqça suyuqlikni filtrlaydi, natijada tez-tez peşob qiliş kerak böladi.
· Kayfiyatning özgaruvçanligi. Sovuq oylarda köpçilik mavsumiy kayfiyatning buzilişi yoki "qişki depressiya"dan aziyat çekadi. Bu holat kundalik faoliyatga jiddiy ta’sir körsatişi mumkin. Şuning uçun atrofingizdagi har bir kişining, şuningdek, özingizning psixologik holatingizga e’tibor berişingiz kerak böladi. Mavsumiy affektiv buzilişning sababi aniq bölmasa-da, mutaxassislar buni qiş oylarida quyoş nurlarining yetişmasligi bilan boğliq bölişi mumkinligini taxmin qilişadi. Aynan mana şu sabab miyaning gipotalamus deb ataladigan qismining normal işlaşiga xalaqit berişi mumkin. Ma’lumki, yoruğlik tanadagi uyquni keltirib çiqaradigan melatonin gormonini işlab çiqarişga ta’sir qiladi. Bu, şuningdek, kayfiyat, iştaha va uyquga ta’sir qiluvçi serotonin darajasiga, şuningdek tananing içki biologik holatiga ham öz ta’sirini ötkazmasdan qolmaydi. Qişda, belgilangan sikllar tez-tez buziladi, bu esa uyqusizlik, taşviş va hatto befarqlikni keltirib çiqaradi.
· Gripp. Sovuq mavsumning boşlanişi bilanoq gripp va ÖRVI bilan kasallaniş darajasi ham oşadi. Buyuk Britaniya Soğliqni saqlaş xavfsizligi xodimlari hammaga grippga qarşi emlanişni tavsiya qilişadi, çunki sovuq havo kasallikning alomatlarini yomonlaştirişi va u jiddiylaştirişi mumkin.
· Qazğoq ham sovuq mavsumda tez-tez uçraydi va bu ajablanarli emas. Trixologlarning ta’kidlaşiça, açitqi tabiiy ravişda boş terisida yaşaydi va odatda u heç qanday muammo tuğdirmaydi. Biroq sovuq ob-havo şaroitida Malassezia deb ataladigan açitqining ma’lum bir turi köpayib ketganda, u teri hujayralarining juda tez bölinişiga olib kelişi mumkin, natijada yoriqlar va qiçişiş paydo böladi va qazğoqlar köpayadi.
· Astma xurujlari. Mutaxassislarning fikriga köra, qiş astma bilan oğrigan odamlar uçun xavfli mavsum bölişi mumkin, çunki bu vaqtda sovuq havo, şamollaş, gripp va boşqa infeksiyalar köproq uçraydi va bu hayot uçun xavfli astma xurujlarini keltirib çiqarişi mumkin. Mutaxassislar har doim yoningizda yengillik beruvçi ingalyatorni olib yurişingizni tavsiya etişadi. Şuningdek, ular sovuq havoni filtrlaş uçun şarfdan foydalanişni tavsiya qiladilar. Nafas olişdan oldin havoni isitiş uçun şarfni burun va oğiz atrofiga yumşoq qilib örang, çunki sovuq havo astma xurujining qözğatuvçisidir. Ayniqsa sovuq havoda jismoniy maşğulotlarni uy şaroitida yoki yopiq muhitda ötkazgan yaxşiroq.
Maxsuma Oqqöziyeva tayyorladi










