«Dunyo» xabariga köra, tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qiliş milliy axborot-tahlil markazi direktori Sadirdin Boydedayev boşçiligidagi mamlakat delegatsiyasi, Markaziy Osiyoning boşqa davlatlarining giyohvandlikka qarşi kuraş idoralari, şuningdek, mintaqa davlatlarining Yevropa Ittifoqidagi diplomatik vakolatxonalari vakillari iştirok etişdi. 

Narkotiklar böyiça «YeI – Markaziy Osiyo» muloqoti - bu xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, tajriba almaşiş va narkotiklar böyiça davlatlar siyosatini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan muntazam köp tomonlama uçraşuv hisoblanadi. Uşbu muloqot Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari va YeI örtasidagi şeriklikni mustahkamlaşga qaratilgan bölib, narkotik moddalar savdosiga qarşi kuraş va mintaqaviy hamda xalqaro darajada xavfsizlikka hissa qöşişga qaratilgan.

Uçraşuv iştirokçilari YeI va Markaziy Osiyo mintaqasi, şuningdek, qöşni Afğonistondagi narkotik moddalar bilan boğliq vaziyat yuzasidan fikr almaşdilar. Mintaqaviy hamkorlik masalalari, jumladan, Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar tarqalişining oldini oliş böyiça KADAP dasturi doirasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Narkotik moddalarning noqonuniy aylanişi global miqyosda ekanini inobatga olgan holda, Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlari uçun uşbu muammoga qarşi kuraşiş böyiça ilğor tajriba almaşişni davom ettiriş va bu borada amaliy hamkorlikni mustahkamlaş muhimligi ta’kidlandi.