Yevroosiyo taraqqiyot bankining (YeOTB) «Özaro investitsiyalar monitoringi – 2023» (.pdf) ma’lumotlariga köra, Qirğiziston Markaziy Osiyoda 63 foiz uluş bilan töğridan-töğri mintaqaviy investitsiyalarning asosiy jalb qiluvçisi hisoblanadi. 

Investitsiyalarning 24 foizi Özbekistonga, 11 foizi Qozoğistonga, 2 foizi Tojikistonga yönaltirilgan, Turkmaniston iştirokidagi loyihalar mavjud emas. 

Bunday investitsiyalar, YeOTB ma’lumotlariga köra, hozirda amalga oşirilayotgan 27 ta yirik loyihaga kiritilgan. Investitsiyalarning umumiy hajmi 1,1 milliard dollarni taşkil etdi. 

Mintaqadagi eng yirik beşta loyiha Qozoğistonning Kaz Minerals, United Cement Group, «Narodnyy bank» va «Vernyy Kapital» ((ikkita loyiha) kompaniyalari tomonidan amalga oşirilmoqda. Qolgan ikkita yirik loyiha Özbekistonning Artel va Alliance Textile kompaniyalariga tegişli. 

Qayd qilinişiça, mintaqadagi asosiy investorlar Qozoğiston va Özbekistondir. Kapital qöyilmalarning qariyb 87 foizi Qozoğiston, 13 foizi esa Özbekiston hissasiga töğri keladi. 

Kaz Minerals tomonidan Qirğizistondagi Bözimçak oltin-mis koniga kiritgan 350 million dollar sarmoyasi Markaziy Osiyo mintaqasidagi umumiy özaro investitsiyalarning 32 foizini taşkil qiladi. 

Mintaqadagi eng yirik özbek investori Artel bölib, 2018 yilda Qirğizistonda içki bozorda sotiş uçun muzlatgiçlar işlab çiqarişni yölga qöyiş orqali Markaziy Osiyo bozoriga çiqa boşlagan. Keyinçalik kompaniya Qozoğiston va Tojikistonda öz zavodlarini oçdi. 

Markaziy Osiyodagi 242 million dollarlik töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hajmining 22 foizi moliyaviy xizmatlar sektoriga töğri keladi, bu sohadagi barça loyihalar Qozoğiston banklari tomonidan amalga oşiriladi.